add

Gretsiyada shov-shuv: bosh vazir alkotesterga puflatib tekshirildi

Bugun 12:555031 daqiqa

Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis kechki ovqatdan qaytar ekan, yo‘l politsiyasi tomonidan tekshiruv uchun to‘xtatilib, alkotesterga puflatib ko‘rildi.

Gretsiyada shov-shuv: bosh vazir alkotesterga puflatib tekshirildi

Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis jamoatchilik e’tiborini tortgan g‘ayrioddiy holatga duch keldi. U Jamoat xavfsizligi vaziri Mixalis Xrisoxoidis bilan birga kechki ovqatdan qaytar ekan, Afinada yo‘l harakati politsiyasi tomonidan to‘xtatildi.

Politsiya xodimlari mamlakat bo‘ylab olib borilayotgan standart alkotest nazorati doirasida bosh vazir va uning hamrohini tekshiruvdan o‘tkazdi. Alkotester natijalariga ko‘ra, Kiriakos Mitsotakis ham, vazir Xrisoxoidis ham spirtli ichimlik iste’mol qilmagani aniqlandi, deb yozmoqda Sondakika.com nashri.

Gretsiya ommaviy axborot vositalari xabar qilishicha, bosh vazir tekshiruv jarayonida politsiya xodimlari bilan suhbatlashib, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan nazorat choralari haqida qisqacha ma’lumot olgan. Nazorat yakunlangach, Mitsotakis politsiyachilar bilan esdalik uchun suratga tushib, yo‘lini davom ettirgan.

Ushbu holat tasvirlari qisqa vaqt ichida Gretsiya mediamaydonda keng tarqaldi va ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilindi. Ko‘plab foydalanuvchilar buni qonun oldida barchaning teng ekaniga yaqqol misol sifatida baholadi.

Ayni paytda Gretsiya hukumati yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida mast holda transport boshqarishga qarshi nazoratlarni kuchaytirgan. Rasmiylar bu kabi tekshiruvlar har qanday lavozim egasiga nisbatan istisnosiz amal qilinishi lozimligini ta’kidlamoqda.

Avvalroq Qirg‘iziston fan, oliy ta’lim va innovatsiya vaziri Baxtiyor O‘rozov Chuy viloyatining Qoy-Tosh qishlog‘ida mast holda avtomobil boshqargani uchun ishdan bo‘shatilgani haqida xabar

Teglar

Mavzuga oid