Logo

O‘zbekistonda eng ko‘p pensionerlar qaysi hududda yashaydi?

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda pensionerlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 foizga ko‘paygan.

O‘zbekistonda eng ko‘p pensionerlar qaysi hududda yashaydi? © wildernesstravel.com

O‘zbekistonda eng ko‘p pensioner Farg‘ona viloyatida yashaydi va u yerda har sakkizinchi kishi pensiya oladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasining hisobotida keltirilgan.

2026-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 4 million 361 ming 432 kishi pensiya oladi. Boshqacha aytganda ular umumiy aholining taxminan 11 foizini tashkil qiladi, ya’ni har 100 kishidan taxminan 11 nafari pensiya oladi. Ular orasidan 3 million 617 ming 889 nafari yoshga doir (umumiy pensionerlarning qariyb 83 foizi), 482 ming 243 nafari nogironlik (11 foiz), 261 ming 300 nafari boquvchisini yo‘qotganlik (6 foiz) pensiyasini oladi.

1


O‘tgan yilning mos davriga nisbatan pensionerlar soni 158 ming 897 (+3,8 foiz) nafarga ko‘paygan. Shundan, yoshga doir pensiya 139 ming 940 (+4,0 foiz) nafarga, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya oluvchi oilalar 12 ming 224 (+4,9 foiz) va nogironlik pensiyalari 6733 (+1,4 foiz) nafarga oshgan.

O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya miqdori 1 million 688 ming so‘m, eng kami esa 878 ming so‘m.

Hududlar kesimida pensiya oluvchilar

2


To‘rtta hudud — Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Qashqadaryo — jami pensionerlarning 41 foizini qamraydi. Eng kichik ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (111 ming 319) — Farg‘onadan 4,6 baravar kam. 2026-yil 1-iyul holatiga hududlar bo‘yicha pensiya oluvchilar sonida eng yuqori nogironlik pensiyasini oluvchilar ulushi Navoiy viloyatida — 18,2 foiz, Sirdaryo viloyatida — 17,7 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 15,3 foiz.

1-iyuldan pensiya va nafaqalar oshirildi. Unga ko‘ra, yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga 983 ming so‘mni, nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori oyiga 1 million 83 ming so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda pensiya hisoblanadigan ish haqi davri 5 yildan 20 yilgacha uzaytirilishi mumkinligi aytilgandi.

Teglar

Mavzuga oid