Logo

O‘zbekistonda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlangan steyblkoinlar chiqarishga ruxsat berildi

Bugun 08:002 daqiqa

Ta’minot sifatida Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilgan milliy va xorijiy valutadagi pul mablag‘laridan foydalaniladi.

O‘zbekistonda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlangan steyblkoinlar chiqarishga ruxsat berildi

Endi O‘zbekistonda davlat qimmatli qog‘ozlarini ta’minotga qo‘ygan holda kripto-aktivlar (barqaror tokenlar) chiqarish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 22-iyulda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjatda ma’lum qilindi.

Mazkur qaror Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar (ro‘yxat raqami 3818-1) asosida qabul qilindi.

Unga ko‘ra, maxsus huquqiy rejim doirasida qiymati milliy yoki xorijiy valutaning nominal qiymatiga teng bo‘lgan tokenlarni milliy va xorijiy valuta bilan bir qatorda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlagan holda chiqarish tartibi belgilanmoqda.

Ta’minot shartlari va cheklovlar

Yangi tartibga muvofiq, ta’minot sifatida Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yilgan milliy va xorijiy valutadagi pul mablag‘laridan foydalaniladi.

Shuningdek, emitentga tegishli bo‘lgan va Markaziy depozitariy tomonidan Markaziy bank foydasiga bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlari ham ta’minot sifatida qabul qilinadi. Bunda emitent bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlarni olish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Hujjatda belgilanishicha, alohida hisobvaraqdagi mablag‘lar qoldig‘i va bloklangan davlat qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati muomaladagi tokenlarning umumiy nominal qiymatidan kam bo‘lmasligi shart. Shu bilan birga, barqaror tokenlar ta’minotini shakllantirish maqsadida kredit, garovga olingan aktivlar yoki boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

Qo‘shimcha qilinishicha, davlat qimmatli qog‘ozlari uchun depo hisobvaraqlarini ochish, ularni bloklash va blokdan chiqarish jarayonlari Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalariga (ro‘yxat raqami 3628) muvofiq amalga oshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlangan steyblkoinlar chiqarishga ruxsat berildi | Vaqt.uz