Dam olish kunlar havo harorati yanada ko‘tariladi
Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz va issiq ob-havo saqlanadi. Ayrim hududlarda harorat 42 darajagacha isishi kutilmoqda.
© Vaqt.uz | Javhar ChorshanbiyevaO‘zgiromet 25-26-iyul kunlari O‘zbekiston hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
24-iyul va dam olish kunlari O‘zbekiston hududida asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va yakshanba kuni +36...+39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida +40...+42 darajagacha yetadi.
Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
24-iyul kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzgi havo harorati +34...+36 daraja, ertaga kechasi +21...+23 daraja, kunduzi +35...+37 daraja, yakshanba kuni kechasi +22...+24 daraja, kunduzi +36...+38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi.





