Logo

Toshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT liniyasi qurilishi boshlandi

Bugun 10:551 daqiqa

2026-yil 24-iyul soat 01:00 dan 9-avgust soat 23:00 gacha Shahrisabz ko‘chasining Shahrisabz–Mirobod–Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘lni BRT yo‘lagi talablariga moslashtirish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT liniyasi qurilishi boshlandi

Toshkent markazidagi Shahrisabz ko‘chasida avtobuslar uchun alohida ajratilgan yo‘lak (Bus Rapid Transit) qurish ishlari boshlanadi.

Poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qilishicha, qurilish ishlari 24-iyul soat 01:00 dan 9-avgust soat 23:00 gacha Shahrisabz ko‘chasining Shahrisabz—Mirobod—Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida amalga oshiriladi. Yangi liniya avval barpo etilayotgan Shota Rustaveli ko‘chasidagi BRT yo‘lagining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Qurilish davrida transport harakati to‘liq to‘xtatilmaydi. Ko‘chaning ikki chetki harakat qismi avtomobillar uchun ochiq qoladi, ishlar esa markaziy to‘rtta yo‘lakda olib boriladi.

Liniya yana kengayadi

Toshkent shahar hokimligi aprel oyida BRT tarmog‘ini kengaytirish konsepsiyasini taqdim etgan edi. Unga muvofiq, Shahrisabz ko‘chasidan keyin alohida avtobus yo‘lagi Amir Temur shohko‘chasi bo‘ylab ham tashkil etiladi.

Shuningdek, Yangi Sergeli ko‘chasida ham BRT liniyasi qurilishi rejalashtirilgan. Bu ko‘cha Shota Rustaveli ko‘chasining davomi hisoblanadi va yangi marshrutlar orqali shaharning turli qismlarini o‘zaro bog‘lash ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid