add

Rossiya Oliy sudi raisi 71 yoshida vafot etdi

22.07.2025 | 12:3037702

Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi raisi Irina Podnosova Moskvada vafot etdi. Bu haqda TASS agentligi uning yaqinlariga tayangan holda xabar bergan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u Vladimir Putinning kursdoshi bo‘lgan.

Rossiya Oliy sudi raisi 71 yoshida vafot etdi
Irina Podnosova 2024 yil 17 aprel kuni Rossiya Oliy sudi raisi etib tayinlangan edi. U ushbu lavozimda uzoq yillar rahbarlik qilgan Vyacheslav Lebedevdan so‘ng kelgan. Lebedev 2024 yil fevralda, 80 yoshida vafot etgan edi. Hozircha rasmiy idoralar uning vafotiga oid batafsil ma’lumotlarni taqdim etmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bir necha vaqtdan buyon og‘ir onkologik kasallikka qarshi kurashib kelayotgan edi. Irina Podnosovaning vafoti Rossiya sud-huquq sohasi uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Uning o‘rnini kim egallashi haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.

Teglar

Mavzuga oid