Logo

Octobank jismoniy shaxslar uchun ipoteka va avtokreditlarni ishga tushirdi

Bugun 14:552 daqiqa

Octobank jismoniy shaxslar uchun ipoteka va avtokreditlash dasturlarini ishga tushirdi. Bank uchta mahsulotni taqdim etdi: «Ipoteka» — uy-joy sotib olish uchun, «Avtokredit 1.0» — yangi avtomobillar uchun va «Avtokredit 2.0» — ishlatilgan avtomobillar uchun.

Octobank jismoniy shaxslar uchun ipoteka va avtokreditlarni ishga tushirdi

«Biz mijozlarning asosiy moliyaviy ehtiyojlarini qondirgan holda, ular uchun Octobank imkoniyatlarini izchil kengaytirmoqdamiz. Ipoteka va avtokreditlarning joriy etilishi — chakana mahsulotlar tarmog‘ini rivojlantirishdagi muhim bosqich bo‘lib, u mijozlarga shaxsiy uy-joy yoki avtomobil xarid qilish kabi maqsadlariga erishishda yordam beradi», — deya ta’kidladi Octobank matbuot xizmati.

IPOTEKA

Octobank ipotekasi bilan yangi qurilgan uylardagi kvartiralar, ikkilamchi bozordagi uy-joylar va qurilish uchun yer uchastkalarini sotib olish mumkin.

Asosiy shartlar:
• Kredit muddati — 10 yilgacha;
• Boshlang‘ich to‘lov — 20%dan;
• Foiz stavkasi — yillik 22% (20–49%);
• Foiz stavkasi — yillik 20% (50%dan boshlab).

Octobank ish haqi loyihasi ishtirokchilari va korporativ mijozlar xodimlari uchun 2026 yil 31-dekabrgacha yillik 18%dan boshlanuvchi aksiya stavkasi amal qiladi.

Ipoteka krediti uchun onlayn ariza qoldirish.

AVTOKREDITLASH

«Avtokredit 1.0» — yangi avtomobillar uchun.
«Avtokredit 2.0» — ishlatilgan avtomobillar uchun.

Ikkala dastur uchun:
• Foiz stavkasi — yillik 24%, ish haqi loyihasi ishtirokchilari uchun — yillik 21%;
• Kredit miqdori — cheklanmagan;
• Kredit muddati — 60 oygacha;
• Imtiyozli davr — 1 oy;
• Qaytarish — annuitet yoki differensial to‘lovlar orqali.

Boshlang‘ich to‘lov:
«Avtokredit 1.0» 25%dan (75%gacha moliyalashtirish);
«Avtokredit 2.0» 40%dan (60%gacha moliyalashtirish).

Yangi avtomobillar uchun avtokredit olish bo‘yicha onlayn ariza qoldirish.

Yurgan (foydalanilgan) avtomobillar uchun avtokredit olish bo‘yicha onlayn ariza qoldirish.

Maslahat uchun:
+998 71 202 33 33 (ichki raqamlar: 1138, 1165, 1157, 1158)
+998 94 655 00 57
+998 93 587 52 25
+998 97 771 73 88

Teglar

Mavzuga oid