Sultonali Rahmatov vafot etdi
28.07.2025 | 23:002 daqiqa
Taniqli o‘zbek bastakori, «O‘zbekiston» kompozitsiyasi muallifi Sultonali Rahmatov 55 yoshida og‘ir kasallikdan vafot etdi.

Kompozitor Sultonali Rahmatov vafoti haqida uning yaqin qarindoshi ma’lum qildi.
U 1970 yil 13 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bolaligidan musiqaga qiziqqan va «Respublika harbiy o‘g‘il bolalar internat san’at maktabi»ni bitirgan. 1987-yil Toshkent konservatoriyasi (hozirgi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi)ga o‘qishga kirgan. Uni ommaga tanitgan «O‘zbekiston» musiqasi 1994–2005 yillar O‘zbekiston telekanalining «Assalom O‘zbekiston» axborot-musiqiy dasturining boshlanish musiqasi sifatida hamda O‘zbekistondagi ko‘plab bayram tantanalarida foydalanilgan.
Uning ilk yakkaxon konsert dasturi 2006 yilda Olmaotada tashkil etilgan. O‘zbekistondagi ilk katta konserti esa 2007 yilda Samarqanddagi Registon maydonida bo‘lib o‘tgan.
2010 yilda Sultonali Rahmatov «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni bilan taqdirlangan.





