Logo

Markaziy osiyoliklar o‘rnini hind va koreyslar egallaydimi yoxud Rossiyaning migratsiya siyosati nimani ko‘zlayapti? | Fikr vaqti

«O‘zbekistonliklarning Rossiyaga ketishi kamaymoqda, lekin bu mehnat muhojirlari muammosi hal bo‘ldi degani emas». Rossiyadagi huquqiy bosimlar va Osiyodan yangi ishchi kuchining kirib kelishi fonida o‘zbek migrantining taqdiri va O‘zbekistonning moliyaviy xavfsizligi bir necha dolzarb savollarni o‘rtaga chiqarmoqda.

«Markaziy Osiyo fuqarolari Rossiyaga ishlashga borishni to‘xtatmoqda», «O‘zbekistonliklarning Rossiyaga mehnat migratsiyasi keskin kamaymoqda», «Hindiston va shimoliy koreyalik migrantlar markaziy osiyoliklarni siqib chiqaradimi?»

Bular — so‘nggi haftalarda o‘zbek matbuotida Rossiya va bu mamlakatga mehnat migratsiyasi bo‘yicha e’lon qilingan xabarlar sarlavhalari. Agar shu mazmundagi xabarlar soni ko‘payib borayotgani e’tiborga olinsa, Rossiyada mehnat migratsiyasi geografiyasi, siyosati va bozorida chindan tub burilishlar yuz berayotgandek.

Ammo boshqa tomondan, O‘zbekiston hali Rossiya mehnat bozoriga to‘liq muqobil bozorlarga ega emas. G‘arb bozori o‘zbekistonliklar uchun hanuz til, malaka va hujjat talablari bilan cheklangan. Demak, vaziyat murakkab: bir tomonda Rossiyada migrantlarga nisbatan ortib borayotgan huquqiy va ijtimoiy bosim, ikkinchi tomonda esa real muqobillarning yetarli emasligi.

Xo‘sh, O‘zbekiston bu murakkab vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak? Chindan ham Rossiya mehnat bozori vatandoshlarimiz uchun o‘z jozibasini yo‘qotib boryaptimi? Yetakchi nashrlar va ekspertlar tilida yangrayotgan «Markaziy osiyolik migrantlar o‘rnini hind va vetnamlik ishchilar egallashi» haqidagi taxminlar qanchalik asosli?

Dasturimizning ushbu sonida migratsiya masalalari bo‘yicha mutaxassis Botirjon Shermuhammad va Migrant.uz sayti bosh muharriri Muslim Mirzajonov bilan ayni shu savollarga javob izlaymiz.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 133

Barchasi

Mavzuga oid