Logo

Surxondaryoda ichki organida narkotik olib o‘tgan afg‘onistonlik qo‘lga olindi

Bugun 17:151 daqiqa

Viloyatda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda qariyb 3 kilogramm narkotik musodara qilindi.

Surxondaryoda ichki organida narkotik olib o‘tgan afg‘onistonlik qo‘lga olindi © Foto: t.me/xavfsizlik_uz

Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Surxondaryo viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq uch holatga chek qo‘yildi.

Denov tumanida muqaddam narkotik savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan 1980 yilda tug‘ilgan shaxsning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u yerdan kelgusida sotish maqsadida saqlanayotgan 1 kilogramm 7 gramm opiy va 998 gramm gashish aniqlandi.

Denovda yana bir holat

Denov tumanidagi yana bir tezkor tadbirda 1986 va 1966 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro ushlandi. Ular ham avval narkotik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan.

Tergovga qadar o‘tkazilgan tadbirda ular 491 gramm gashishni shartli xaridorga 85 million so‘mga sotish vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Termiz shahridagi holatda esa 2003 yilda tug‘ilgan Afg‘oniston fuqarosi narkotik moddani qo‘shni davlatdan yashirin tarzda olib kelishda o‘z ichki organidan «jonli konteyner» sifatida foydalangan.

 U «Termiz xalqaro savdo markazi» hududida 506 gr «opiy» moddasini shartli xaridorga 2500 AQSH dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda har uchala holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid