Logo

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Bugun 21:481 daqiqa

Jamshid Urunov, Xurshid Raxmatullayev, Furqat Djalilov va Elyor Talaboyev qo‘mita raisi o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi © Kollaj: t.me/food_safety_uzb

O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasida qator rahbarlik tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Qo‘mita raisining tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha to‘rt nafar yangi o‘rinbosari tayinlandi», — deyiladi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Tayinlovlar

Jamshid Olimovich Urunov qo‘mita raisining o‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu tayinlovga qadar u Biznes-ombudsman o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, Xurshid Xotamdjanovich Raxmatullayev qo‘mita raisining moliya va iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi. Qo‘mita axborotiga ko‘ra, X. Raxmatullayev bungacha «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Furqat Zakirovich Djalilov ham qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Muqaddam u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining bosh inspektori vazifasida mehnat qilgan.

Bundan tashqari, Elyor Xolmatovich Talaboyev qo‘mita raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Teglar

Mavzuga oid