JCH-2026. Eron Misr bilan durang o‘ynadi, Belgiya 5:1 hisobida g‘alaba qozonib pley-offga chiqdi
Misr o‘z tarixida ilk bor guruhdan chiqishga erishdi. Forslarda eng yaxshi 3-o‘rin egalari qatorida 1/16 finalga yo‘l olish imkoniyati bor.

Jahon chempionatida G guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Belgiya (5) Yangi Zelandiyaga (1) 5 ta gol urib, 1-o‘rin bilan keypingi bosqichga chiqdi. Misr (5) esa Eronga (3) qarshi durang qayd etib, o‘z tarixida ilk bor pley-offga yo‘llanma oldi.
Forslarda eng yaxshi 3-o‘rin egalari qatorida guruhdan chiqish imkoniyati bor. Ular qolgan guruhlardagi natijalarni kutishadi.
JCH-2026. G guruhi. 3-tur. 26-iyun
Yangi Zelandiya — Belgiya 1:5
Gollar: Jast (84) — Trossar (28, 50), De Bryuyne (66), Lukaku (86), Salemakers (90+4).
Yangi Zelandiya — Krokombe, Peyn (Boksall, 64), Syorman, Bindon, Kakache (de Vris, 79), Bell (Makkovatt, 64), Stamenich, Singh (Randall, 46), Tomas (Old, 46), Jast, Vud.
Belgiya — Kurtua, Kastan, Mexele, Teate, de Kuyper, Tilemans (Raskin, 85), Vanaken, Doku (Fernandes-Pardo, 56), de Bryuyne (Onana, 72), Trossar (Salemakers, 72), de Ketelare (Lukaku, 85).
Misr — Eron 1:1
Gollar: Saber (5) — Rizoiyon (14).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Toremiy (11).
Misr — Shobeyr, Hani, Rabia, Abdulmonem (Ibrohim, 14), Fatuh, Lashin, Saber (Attia, 46), Ashur (Marmush, 46), Trezege, Saloh (Zizo, 57), Ziko (Abdulkarim, 76).
Eron — Biyronvand, Rizoiyon, Ka’noni (Hardani, 46), Xalilzoda, Nemati, Muhammadi, Quddus (Mug‘anlu, 67), Gorbani, Izzatullohiy, Mohebbi (Jahonbaxsh, 90+1), Toremiy.
Ogohlantirishlar: Ka’noni (19), Saber (20), Ibrohim (42), Nemati (43), Izzatullohiy (79), Lashin (90+2), Xalilzoda (90+4).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





