Qozog‘iston rasmiylari Rossiyadan benzin importi bo‘yicha so‘rov bo‘lganini rad etdi
Avvalroq Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarining ishlamay qolishi va rejadan tashqari texnik xizmat ko‘rsatish ishlari tufayli yuzaga kelgan ichki taqchillikni yumshatish uchun Osiyodan, jumladan Qozog‘istondan import uchun benzin izlayotgani haqida xabar berilgan edi.

Qozog‘iston Rossiyadan benzin yetkazib berish bo‘yicha rasmiy so‘rov olmagan. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjenov 26-iyun kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishlari doirasida jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Bizga Rossiya tomonidan hech qanday rasmiy so‘rovlar bo‘lmadi, agar so‘rov kelib tushsa, biz uni ko‘rib chiqamiz», - deya ta’kidladi Akkenjenov.
Avvalroq Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarining Ukraina tomonidan hujumga uchrashi oqibatida ishlamay qolishi va rejadan tashqari texnik xizmat ko‘rsatish ishlari tufayli yuzaga kelgan ichki taqchillikni yumshatish uchun Osiyodan, jumladan Qozog‘istondan import uchun benzin izlayotgani haqida xabar berilgan edi.





