JCH-2026. Argentina Iordaniyani mag‘lub etdi, Avstriya va Jazoir o‘zaro jangovar durang bilan pley-offga yo‘l oldi
1/16 finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi.

Jahon chempionatida guruh bosqichi bahslari yakunlandi.
J guruhi oxirgi turida muddatidan avval pley-off masalasini hal qilib bo‘lgan Argentina Jazoirdan ustun keldi. Messi zaxiradan tushdi va turnirdagi 6-golini urib, to‘po‘rarlini mustahkamladi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Avstriya va Jazoir o‘zaro jangovar durang qayd etishdi. Natijada ikkala jamoa ham keyingi bosqichga yo‘l oldi.
JCH-2026. J guruhi. 3-tur. 27-iyun
Iordaniya — Argentina 1:3
Gollar: At Tamari (55) — Lo Chelso (19), Martines (31, penalti), Messi (80).
Jazoir — Avstriya 3:3
Gollar: Belgali (45), Mahrez (60, 90+3) — Arnautovich (28), Zabitser (55), Kalayjich (90+6).
Shu tariqa 1/16 finalninn barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi:
Germaniya – Paragvay
Fransiya – Shvetsiya
JAR – Kanada
Niderlandiya – Marokash
Portugaliya – Xorvatiya
Ispaniya – Avstriya
AQSH – Bosniya
Belgiya – Senegal
Braziliya – Yaponiya
Kot-d’Ivuar – Norvegiya
Meksika – Ekvador
Angliya – Kongo DR
Argentina – Kabo-Verde
Avstraliya – Misr
Shveysariya – Jazoir
Kolumbiya – Gana

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





