Logo

JCH-2026. O‘zbekiston Kongoga ham yutqazib, ilk mundialini ochkosiz yakunladi

Bugun 06:392 daqiqa

Kannavaro jamoasi tezkor gol urgan o‘yinida kambek qurboni bo‘ldi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Portugaliya Kolumbiya bilan durang qayd etdi.

JCH-2026. O‘zbekiston Kongoga ham yutqazib, ilk mundialini ochkosiz yakunladi

O‘zbekiston (0) milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini Kongo DRga (4) qarshi o‘tkazib, kambek qurboni bo‘ldi. Eldor Shomurodovning tezkor goliga afrikaliklar ikkinchi bo‘limda javob berishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston ilk mundialini ochkosiz yakunladi. Kongo esa o‘z tarixida birinchi marta pley-offda o‘ynaydigan bo‘ldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Kolumbiya (7) va Portugaliya (5) golsiz durang qayd etishdi. Har ikki jamoa 1/16 finalga yo‘l oldi.

JCH-2026. K guruhi. 3-tur. 27-iyun
Kongo DR — O‘zbekiston 3:1
Gollar:
Vissa (68 penalti, 90+1), Mayele (78) — Shomurodov (10).
O‘zbekiston — Abduvohid Ne’matov, Hojiakbar Alijonov, Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov, Jahongir O‘rozov (Igor Sergeyev, 82), Sherzod Nasrullayev, Otabek Shukurov (Odil Hamrobekov, 59), Akmal Mozgovoy (Jamshid Iskanderov, 82), Abbos Fayzullayev (Oston O‘runov, 73), Doston Hamdamov (Aziz G‘aniyev, 59), Eldor Shomurodov.
Kongo DR — Mpasi, Van-Bissaka, Tuanzebe, Mbemba, Masuaku (Kayembe, 83), Mbuku (Eliya, 72), Mutussami (Mukau, 72), Sadiki, Sipenga (Bongonda, 73), Bakambu (Mayele, 52), Vissa.
Ogohlantirishlar: Sadiki (21), Husanov (43), Mbuku (45+5), Nasrullayev (48).

Kolumbiya — Portugaliya 0:0
Kolumbiya
— Vargas, S.Arias (Munos, 87), Sanches, Lukumi, Mashadu, J.Arias (Kastano, 76), Lerma (Rios, 60), Puerta, Xames (Kintero, 76), Dias, Kordoba (Suares, 60).
Portugaliya — D.Koshta, Kanselu (Dalot, 46), Diash, Veyga, Mendesh (Nunesh, 90+3), R. Nevesh (J.Nevesh, 46), Vitinya (S.Koshta, 70), Netu, Fernandesh, Feliks (Leau, 70), Ronaldu.
Ogohlantirish: Puerta (86).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid