Logo

11-sentabr teraktiga 25 yil to‘ldi. AQSHda esdalik tanga chiqarildi

Bugun 17:186 daqiqa

Tangada hujum sanasi va «hech qachon unutmaymiz» degan yozuv aks ettirilgan. Esdalik tangalarni 20 yoki 100 donadan iborat qadoqlarda xarid qilish mumkin. Ularning narxi mos ravishda 40 va 100 dollarni tashkil qiladi. Terakt sodir bo‘lgan vaqtda Nyu-York ko‘chalari qanday bo‘lgandi va Jahon savdo markazi atrofida qanday tashkilotlar, biznes idoralari bor edi? 25 yil ichida ular qanday o‘zgardi? Teraktning 25 yilligi munosabati bilan suratlarni ushbu materialda ko‘rishingiz mumkin.

11-sentabr teraktiga 25 yil to‘ldi. AQSHda esdalik tanga chiqarildi © AQSH Moliya vazirligi



AQSH zarbxonasi 2001-yil 11-sentabrda sodir bo‘lgan teraktning 25 yilligi munosabati bilan 50 sent nominali esdalik tangasini chiqardi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Tangada hujum sanasi va «Never forget» (Hech qachon unutmaymiz) degan yozuv aks ettirilgan.

«Biz halok bo‘lganlarning xotirasini yod etamiz va vatandoshlarining hayotini saqlab qolish uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan insonlarning jasoratini unutmaymiz. Chorak asr o‘tgan bo‘lsa ham, biz o‘z va’damizni o‘zgarmasdan takrorlaymiz — biz hech qachon unutmaymiz», — dedi idora rahbari Skott Bessent.

Esdalik tangalar Pensilvaniya shtatidagi Filadelfiya shahrida zarb qilingan. Ularda Ozodlik haykali tasvirlangan bo‘lib, uning yonida «Hech qachon unutmaymiz. 9.11.01» degan yozuv joylashtirilgan.

Esdalik tangalarni 20 yoki 100 donadan iborat qadoqlarda xarid qilish mumkin. Ularning narxi mos ravishda 40 va 100 dollarni tashkil qiladi.

2001-yil 11-sentabrda AQSH tarixidagi eng dahshatli teraktlardan biri sodir bo‘lgan. «Al-Qoida» jangarilari to‘rtta yo‘lovchi samolyotini olib qochgan. Ulardan ikkitasi Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining egizak minoralariga urilib, binolarning vayron bo‘lishiga olib kelgan. Uchinchi samolyot Vashingtondagi Pentagonning g‘arbiy qanotiga urilib tushgan. To‘rtinchi samolyot esa Pensilvaniya shtatidagi Pittsburg shahri yaqinida qulagan.

2001-yil 11-sentabrda AQSHda sodir bo‘lgan teraktlar 2977 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu hisobga samolyotni olib qochgan va teraktni amalga oshirgan 19 nafar shaxs kiritilmagan. Qurbonlarning aksariyati Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining egizak minoralarida bo‘lgan. Eng ko‘p — 2606 kishi Nyu-Yorkda halok bo‘ldi. Aynan shu yerda terrorchilar Jahon savdo markazining egizak minoralariga hujum qilgan edi. Bu teraktlar shaharni butunlay o‘zgartirib yubordi, ammo uni sindira olmadi: vayron bo‘lgan joylar yana hayotga qaytdi. «Meduza» so‘roviga ko‘ra, nyu-yorklik fotograf Manxetten ko‘chalari bo‘ylab yurib, terakt markazida qolgan va o‘sha kuni olingan mashhur suratlarda aks etgan joylarni suratga oldi.

Cherch-strit va Kortlandt-strit chorrahasi

1

2

Nyu-Yorkdagi Kortlandt ko‘chasi AQSHning o‘zidan ham eski: u Amerika inqilobidan oldin, ya’ni hali AQSH tashkil topmasidan avval barpo etilgan. 1960-yillarda egizak minoralar uchun joy ochish maqsadida ko‘chaning katta qismi qisqartirildi. Kortlandt-strit atigi bir kvartal uzunlikda qoldi. Egizak minoralar qulaganidan keyin esa ko‘cha yana uzaytirildi. Endi u piyodalar uchun mo‘ljallangan Kortlandt-uey ko‘chasi sifatida mavjud bo‘lib, yangi Jahon savdo markazining to‘rtta osmono‘par binosidan ikkitasini ajratib turadi.

Yunon pravoslav avliyo Nikolay cherkovi

3

4

Bu cherkov XIX asrda qurilgan va dastlab turarjoy sifatida foydalanilgan binoda joylashgan edi. U Jahon savdo markazining Janubiy minorasidan 100 metrga ham yetmaydigan masofada turgan. Osmono‘par bino bilan solishtirganda, cherkov juda kichik ko‘rinardi — uning balandligi atigi 11 metr edi.

11-sentabrda Janubiy minora qulaganida, uning vayronalari ostida avliyo Nikolay cherkovi ham qoldi. U 11-sentabr teraktlari oqibatida vayron bo‘lgan yagona cherkovga aylandi. 2022-yilda cherkov avvalgi joyidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda, mashhur me’mor Santyago Kalatrava loyihasi asosida qurilgan yangi binoda qayta ochildi.

№10 yong‘in-qutqaruv qismi (Ten House)

5

Jahon savdo markazining ro‘parasida №10 yong‘in-qutqaruv qismi — Ten House faoliyat yuritadi. Samolyotlar egizak minoralarga urilganida, Ten House o‘t o‘chiruvchilari birinchi bo‘lib voqea joyiga yetib borganlar qatorida bo‘lgan. Ular odamlarni binolardan evakuatsiya qilishga yordam bergan. Ulardan besh nafari minoralar qulaganida halok bo‘ldi.
O‘t o‘chirish qismi binosining o‘zi saqlanib qoldi, ammo jiddiy zarar ko‘rdi. U 2003-yilda qayta ochildi.

Hozir Ten House devorida Jahon savdo markaziga qilingan hujumda halok bo‘lgan Nyu-Yorklik 343 nafar o‘t o‘chiruvchining xotirasiga bag‘ishlangan bronza yodgorlik lavhasi o‘rnatilgan. Umuman olganda, bu teraktda 441 nafar favqulodda xizmat xodimi halok bo‘lgan.

6


7

Vest-Brodvey

89

Bu 11-sentabrda Jahon savdo markazining Janubiy minorasi qulaganidan keyin politsiya odamlar to‘dasini shimol tomonga chekintirgan ko‘chalardan biri. Janubiy minora birinchi bo‘lib qulagan. Shimoliy minora esa qariyb yarim soat ko‘proq turib bergan. Osmono‘par binolarga urilgan samolyotlar ularning ayrim asosiy konstruksiyalariga zarar yetkazgan. Ammo saqlanib qolgan konstruksiyalar yukni o‘z zimmasiga olgani uchun minoralar dastlabki zarbaga bardosh bergan. Binolarning qulashiga bevosita sabab esa boshlangan yong‘inlar bo‘lgan.

1012


Grinvich-strit

11


Bugun yangi Jahon savdo markazi osmono‘par binolari orasidan o‘tib turgan bu ko‘cha oldingi yarim asr davomida mavjud bo‘lmagan. Grinvich-strit ham Kortlandt-strit kabi 1960-yillarda egizak minoralar qurilishi vaqtida qisman yo‘q qilingan.11-sentabrdan keyin esa ko‘cha yana uzaytirilgan.

Cherch-stritdagi pochta bo‘limi

13141516

Egizak minoralarning ro‘parasida joylashgan bu pochta bo‘limi Jahon savdo markazining barcha pochtalarini qabul qilib, qayta ishlagan. Ushbu ulkan biznes majmuasiga har kuni 85 mingtaga yaqin xat yetkazib berilgan. Hatto Jahon savdo markazining o‘z pochta indeksi ham bo‘lgan. 11-sentabrda pochta bo‘limi binosi qulagan minoralarning parchalari tufayli zararlangan. Ammo xodimlar Jahon savdo markazidagi odamlar va kompaniyalar uchun kelgan xat-xabarlarni qayta ishlashda davom etgan. Afsuski, ayrim xatlarni esa hech kim hech qachon olib ketmagan.

«Qayta tekshirish» haykali (Double Check)

171819

Bronzadan yasalgan «Qayta tekshirish» haykali 1982-yilda Jahon savdo markazi yaqinidagi Zukotti bog‘iga o‘rnatilgan. Unda kostyum kiygan, portfelining ichidagi narsalarni tekshirayotgan kishi tasvirlangan. Haykal muallifi Jon Syuard Jonsonning g‘oyasiga ko‘ra, u navbatdagi uchrashuvga tayyorlanayotgan biznesmenni ifodalaydi. 11-sentabrdagi teraktdan keyin qutqaruvchilar chang bosgan haykalni bir necha marta yordamga muhtoj odam deb o‘ylagan.

Bundan tashqari, haykal Jahon savdo markazida halok bo‘lgan kostyum kiygan insonlar xotirasiga bag‘ishlangan o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan yodgorlikka aylangan. Keyinchalik haykal muallifi ushbu yodgorlikni bronzada qayta yaratgan.

Avliyo Pavel kapellasi

20


212223

XVIII asrda qurilgan bu kapella Manxettendagi eng qadimiy cherkov binosi hisoblanadi. U egizak minoralardan 100 metrga ham yetmaydigan masofada joylashgan edi. Ammo minoralar qulaganidan keyin ham kapella saqlanib qoldi. Shu sababli uni «qulamagan kichik kapella» deb atay boshlashdi. 11-sentabrdan keyingi oylarda Avliyo Pavel kapellasi terakt oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan qutqaruvchilar uchun boshpanaga aylandi. Bu yerda issiq ovqat tarqatildi va vayronalarni tozalayotgan barcha insonlarga, umuman yordamga muhtoj bo‘lgan har bir kishiga ko‘mak ko‘rsatildi.

Har yili kapellada 11-sentabrda halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan marosimlar o‘tkaziladi. Har bir marosimda Umid qo‘ng‘irog‘i jaranglaydi. Bu qo‘ng‘iroq AQSH mustaqilligi uchun kurash ramzi bo‘lgan Ozodlik qo‘ng‘irog‘i yasalgan Angliyadagi o‘sha ustaxonada tayyorlangan.

Troitsa cherkovi

24

Avliyo Pavel kapellasi ham qarashli bo‘lgan Troitsa cherkovida 2001-yil 11-sentabrda Jahon savdo markazidagi teraktdan omon qolgan Brayan Klark va Stenli Praymnat yashiringan. Ular Janubiy minoraning samolyot kelib urilgan qavatlarida ishlagan. Ular saqlanib qolgan yagona zinapoya orqali pastga tushib, bino qulashiga bir necha daqiqa qolganda tashqariga chiqishga ulgurgan. Janubiy minoraning qulayotganini ular Troitsa cherkovi panjarasi yonida turib kuzatgan.

Devid Rokfeller soati

25

Milliarder Devid Rokfeller Manxettenning quyi qismida Jahon savdo markazini qurish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan. Uning nomi bilan atalgan ko‘cha soati egizak minoralardan uncha uzoq bo‘lmagan joyga ular qulashiga 10 oy qolganda o‘rnatilgan.

«VTS Kortlandt» metro bekati

2728


Bu metro bekati avval oddiygina «Kortlandt-strit» deb atalgan va Jahon savdo markazi majmuasining tagida joylashgan.
Egizak minoralar qulaganida, ularning po‘lat balkalari metro bekatining shiftlarini teshib o‘tib, uni vayronalar ostida qoldirgan. Bekat faqat 17 yildan keyin to‘liq tiklangan.

Ground Zero

Ingliz tilidan tarjima qilinganda, «ground zero» iborasi «portlash epitsentri» degan ma’noni anglatadi. 11-sentabr teraktlarigacha bu atama odatda yadroviy portlashlar haqida gapirilganda ishlatilgan. Ammo hozir bu so‘z egizak minoralar turgan joyni anglatadi. Bugun bu yerda ularning o‘rnida ulkan yodgorlik basseynlari bor. Ulardagi suv go‘yo bo‘shliqqa oqib ketadi va hech qachon basseynni to‘ldirmaydi.

26

Ground Zero hududida, shuningdek, qayta qurilgan Jahon savdo markazining osmono‘par binolari va Oculus «qanotlari» ham joylashgan. Oculus bir vaqtning o‘zida transport markazi, savdo markazi va 11-sentabrda halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik vazifasini bajaradi. Uning yuqoriga qarab cho‘zilgan oq metall konstruksiyalari kabutarni uchirayotgan qo‘lni ramziy tarzda ifodalaydi.

11-sentabr teraktidan 25 yil o‘tib, egizak minoralar turgan joy yana odamlar bilan gavjum. Bu yerga sayyohlar va mahalliy aholi keladi, odamlar bu yerda ishlaydi, xarid qiladi va uyiga qaytish uchun poyezdga chiqadi. Bu joy endi nafaqat xotira, balki hayot davom etayotgan maskan hamdir.

Teglar

Asadbek Komilov

Asadbek KomilovMaqolalar soni: 345

Barchasi

Mavzuga oid