Logo

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Bugun 13:152 daqiqa

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari taklif qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning yangilangan foiz stavkalarini ma’lum qildi.

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda? © invezz.com

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini yangiladi.

2026-yil 7-sentabr holatiga mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 29,6 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,6 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 29,1 va 21,6 foiz bo‘lgandi.

Mikroqarz stavkalari


Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 24,3 foiz bilan «Asia Alliance bank» va «Infinbank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Trastbank» — 24,7 foiz, «Aloqabank» va «Milliy bank» — 24,9 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «Universal bank» 25,2 foiz, «BRB» 25,3 foiz, «Agrobank» 25,8 foiz, «Mikrokreditbank» 26,9 foiz, «Xalq banki» va «Kapital bank» 27,0 foiz stavkada mikroqarz taklif qilmoqda.

«SQB»da mikroqarz stavkasi 27,4 foiz, «Poytaxt bank»da 27,5 foiz, «Asaka bank»da 27,7 foizni tashkil etmoqda. «OFB» 28,5 foiz, «Garant bank» 29,5 foiz va «Hamkorbank» 30,1 foiz stavka taklif qilmoqda.

Yuqori stavkalar «Apex bank»da 31,1 foiz, «Madad Invest bank»da 31,2 foiz, «Davr bank»da 34,2 foiz va «Ipoteka bank»da 34,3 foiz bilan qayd etilgan. Eng yuqori stavka «Anor bank»da — 41,4 foiz.

photo_2026-09-09_12-35-28



Avtokredit stavkalari

Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,3 foiz bilan «BRB»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Aloqabank» — 18,4 foiz, «Ipoteka bank» — 19,2 foiz, «Apex bank» — 20,0 foiz hamda «Garant bank» — 20,4 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «Milliy bank» 20,5 foiz, «Ipak yuli bank» 21,1 foiz, «SQB» va «Asaka bank» 21,4 foiz, «Poytaxt bank» 21,8 foiz hamda «TBC bank» 21,9 foiz stavkada avtokredit ajratmoqda.

«Turon bank»da stavka 22,2 foiz, «OFB»da 22,4 foiz, «Trastbank»da 23,6 foiz, «Mikrokreditbank» va «Asia Alliance bank»da 23,9 foizni tashkil etmoqda.

Yuqori segmentda «Davr bank» 24,9 foiz, «Agrobank» 25,6 foiz va «Hamkorbank» 26,9 foiz stavka taklif qilmoqda. Bu avtokreditlar bo‘yicha keltirilgan banklar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

2


Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘nggi yetti oyda jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i yil boshidan beri 6,7 foizga oshib, 644,6 trln so‘mga yetganligi haqida xabar berilgandi.

2026-yil 1-yanvar holatiga jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 220,3 trln so‘m bo‘lgan. 1-avgustga kelib bu ko‘rsatkich 239,8 trln so‘mga yetgan va 8,9 foizga oshgan.

Xususan, aholi kesimida mikrokreditlar qoldig‘i 15,5 foizga, ipoteka kreditlari 11 foizga, mikroqarzlar qoldig‘i esa 4,7 foizga ko‘paygan. Avtokreditlar qoldig‘i esa 40,5 trln so‘mga yetgan.

Teglar

Mavzuga oid