Logo

Markaziy bank avgustda 22 ta bank va 3 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi

Bugun 18:072 daqiqa

Bunga ular tomonidan qonunchilik va Markaziy bank belgilagan talablarga rioya etilmagani, shuningdek, inspeksiya tekshiruvlari hamda «sirli mijoz» nazorat tadbirlari davomida qoidabuzarliklar aniqlangani sabab bo‘lgan.

Markaziy bank avgustda 22 ta bank va 3 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026 yil avgust oyida o‘tkazilgan yetti marta yig‘ilishda jami 34 ta masalani ko‘rib chiqib, ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qildi.

Qo‘mita yig‘ilishlarida ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishi bo‘yicha 21 ta masala muhokama qilindi.

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida jami 21 ta masala ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

— kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (9 ta);

— mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va to‘lov tashkilotiga litsenziya berish (3 ta);

— kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta);

— tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (5 ta) bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 13 ta masala ko‘rib chiqildi.

Xususan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablariga rioya etilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari, tashkilotlarning moliyaviy xizmatlarini «tartibga solish qumdoni» doirasida sinovdan o‘tkazish hamda bank filiallari va bo‘linmalarida o‘tkazilgan  nazorat tadbirlari masalalari muhokama qilindi.

Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritmaganligi, shuningdek inspeksiya tekshiruvlari va «sirli mijoz» nazorat tadbirlarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun  22 ta bank va 3 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Markaziy bank 23 ta moliya tashkilotini jarimaga tortgandi.

Teglar

Mavzuga oid