Logo

Imomo‘g‘li effekti: Istanbul hokimining hibsga olinishi ortidan yuzaga kelgan siyosiy va iqtisodiy inqiroz

13.05.2025 | 08:013 daqiqa

2025 yil 19 mart kuni Istanbul shahar hokimi Akram Imomo‘g‘lining hibsga olinishi Turkiya bo‘ylab keng ko‘lamli norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. Imomo‘g‘liga nisbatan korrupsiya va terrorizm bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yildi, ammo muxolifat buni siyosiy ta’qib deb baholamoqda.

Imomo‘g‘li effekti: Istanbul hokimining hibsga olinishi ortidan yuzaga kelgan siyosiy va iqtisodiy inqiroz
Namoyishlar Istanbul, Anqara va Izmir kabi yirik shaharlardan boshlanib, butun mamlakatga tarqaldi. Bu harakatda talabalar, fuqarolik jamiyati faollari va muxolifat partiyalari faol ishtirok etmoqda. Noroziliklar davomida yuzlab odamlar hibsga olindi, ijtimoiy tarmoqlarga cheklovlar qo‘yildi va bir necha jurnalistlar qamoqqa tashlandi. Istanbul shahar kengashi Imomo‘g‘li o‘rniga vaqtinchalik hokim etib Nuri Aslanni tayinladi. Iqtisodiy jihatdan, Imamog‘luning hibsga olinishi Turkiya lirasining 12,7 foizga qadrsizlanishiga va Istanbul fond bozori indeksining 8,72 foizga tushishiga olib keldi. Markaziy bank valyutani barqarorlashtirish uchun 25 mlrd dollar sotdi, ammo inflyatsiya darajasi 29,75 foizga yetishi kutilmoqda. Bu holat xorijiy investorlar ishonchini so‘ndirdi. Muxolifat yetakchisi O‘zgur O‘zel har hafta mitinglar o‘tkazish va hukumatga yaqin kompaniyalar mahsulotlarini boykot qilishga chaqirdi. Imomo‘g‘li hibsda bo‘lishiga qaramay, Jumhuriyat xalq partiyasi uni 2028 yilgi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ko‘rsatdi. Xalqaro tashkilotlar, jumladan, Yevropa Kengashi, Imomo‘g‘lining ozod qilinishi va Turkiyada demokratik qadriyatlarni hurmat qilishga chaqirmoqda. Bu voqealar Turkiyadagi demokratik jarayonlar va iqtisodiy barqarorlikka jiddiy tahdid solmoqda. Iqtisodiy murakkabliklarning Turkiyada yashab, ishlayotgan vatandoshlarimizga ta’sirni ham inkor qilib bo‘lmaydi.

Mavzuga oid