Skuterlar harakatini cheklashga savollar: avtoraqam, imtihon va narx-navo
09.10.2025 | 16:10116013
1 oktyabrdan e’tiboran moped va skuter haydovchilari haydovchilik guvohnomasi olishga va uloviga davlat raqami taqishga majbur. Qaror xavfsizlik uchun deyilsa-da, Vaqt.uz fuqarolar, tadbirkorlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar fikrini o‘rgandi — ular tizimni xalq imkoniyatiga moslashtirishni so‘ramoqda.

O‘zbekistonda 1 oktyabrdan boshlab moped va skuter haydovchilari uchun yangi talab kuchga kirdi — endi ularni boshqarish uchun «A» toifali haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart. Shu bilan birga, transport vositalari majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, avtoraqam olishi lozim.
Aslida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan talab joriy yil mart oyidan kuchga kirishi kerak edi, biroq ijro muddati 1 oktyabrgacha kechiktirilgan. Shunga qaramay, qaror jamoatchilik orasida keskin bahs va noroziliklarga sabab bo‘ldi. Vaqt.uz mavjud vaziyatni o‘rganish maqsadida yetkazib beruvchilar, jamoatchilik faollari, bunga aloqador tadbirkorlarning fikrlarini o‘rgandi. Shuningdek, yangi tartibning nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta’siri masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi.
Nega moped va skuter haydash uchun haydovchilik guvohnomasi talab etilmoqda?
Rasmiylarga ko‘ra, qaror yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va transport hodisalarini kamaytirish maqsadida qabul qilingan. Yangi tartib kuchga kirishidan oldin YHXB matbuot kotibi 2025 yilning yanvar–avgust oylarida moped va skuterlar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari natijasida 53 kishi halok bo‘lgani, 259 kishi esa turli tan jarohatlari olganini ma’lum qilgan.
Biroq savollar ko‘p: ushbu hodisalarning nechtasi aynan moped yoki skuter haydovchilari aybi bilan sodir bo‘lgan? Qaysi sharoitlarda bu holatlar yuz bergan? Bosh sabablar nimada? Balkim infratuzilmaning talabga javob bermasligi noxush oqibatlar keltirib chiqarayotgandir?
Ha, jamoatchilikka faqat oqibatga oid ma’lumotlarining ham bir qismi taqdim etilgan, qolgani esa «o‘zing top» qabilida yashirib qo‘yishgandek. Bu esa ma’lum ma’noda axborot manipulyatsiyasi sifatida baholanmoqda.
Gazeta.uz nashrining yozishicha, faollar yangi tartib minglab fuqarolarni daromad yagona manbaidan mahrum etishi, ularni guvohnoma va raqam olish uchun ortiqcha vaqt hamda mablag‘ sarflashga majbur qilishi mumkinligi yozib, mazkur hujjatni qayta ko‘rib chiqishni so‘rashmoqda.
Xalq demokratik partiyasi ham muddat va to‘lov shartlarini qayta belgilashni taklif etdi. Shunday muhokamalar fonida esa rasmiylar o‘zlariga kerakli statistikani e’lon qilishdi. Shulardan kelib chiqsak, davlat tashkilotlari aholi uchun muhim ahamiyatga ega mavzularda batafsil va chuqur ma’lumotni o‘zining manfaatlaridan qat’i nazar, taqdim etishi lozim. Aks holda fuqarolarning konstitutsion huquqlari buziladi, qarorlar yetarlicha muhokamalarsiz, palapartish qabul qilinadi.
Shu o‘rinda, Yandex Uzbekistan rahbari Sardor Qodirov moped haydovchilarini o‘qitish xavfsizlikning asosiy shartlaridan biri ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tayyorgarliksiz moped yoki skuter haydash mumkin emas. Shuningdek, dubulg‘a (kaska) taqish rasmiyatchilik emas, balki hayot-mamot masalasidir.
Kuchga kirgan ushbu qaror, ayniqsa, moped va skuterdan o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlab kelayotganlar — yetkazib beruvchi (kuryer)larning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda hattoki ularning Prezident nomiga yo‘llangan ochiq murojaatlari ham tarqaldi. Ular o‘z murojaatlarida haydovchilik guvohnomasi va avtonomer olish bo‘yicha yengilliklar yaratilishini, moddiy va ma’muriy imtiyozlar berilishini so‘rashdi. Kuryerlarning fikricha, yangi talablar ko‘plab insonlarning ish imkoniyatlarini cheklab, daromad manbaiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Demak, qarordan ko‘zda tutilgan asosiy maqsadi xavfsizlikni ta’minlash bo‘lsa-da, uning ijrosi haddan ziyod to‘lovlar, jazolash yoki cheklash yo‘li bilan emas, balki ochiq muloqot, to‘liq axborot va jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda amalga oshirilsagina samarali bo‘ladi.
Kuryerlar nima deydi?
Vaqt.uz vaziyatni o‘rganish maqsadida mikrofonni yetkazib beruvchilarga tutdi. Ularning fikrlari turlicha, ammo barchaning istagi bir xil.
«Muddatni cho‘zishsa yoki qandaydir yengillik berilishini xohlardim»
Bunyod Mustafoyev, Qashqadaryodan kelib ishlaydi.
— Ilgari benzinli mopedda harakatlanar edim, ammo 1 oktyabrdan keyin qaror kuchga kirgach, yo‘lga chiqmay qo‘ydim. Shu sababli elektr velosiped transportni ijaraga oldim, ijara uchun haftasiga 380 ming so‘m to‘layman. Kecha olganman, ishlayapman, yomon emas, lekin daromadim ancha kamaydi. Ijara, kvartira, boshqa xarajatlar bor. Iloji bo‘lsa, bu qarorni amalga oshirish muddatini cho‘zishsa yoki qandaydir yengillik berilishini xohlardim — moliyaviy yoki arzonroq va tezroq o‘qish bo‘yicha. Hozir narxlar juda baland: raqam olish — 1,5 mln so‘m, haydovchilik guvohnomasi — 3,5 mln so‘m, jami 6 mln so‘m atrofida chiqadi. Ro‘zg‘ordan orttirib, buncha ortiqcha mablag‘ni to‘plash uchun kamida uch oy vaqtim ketadi. Shu uchun biroz yengillik yaratilsa yoki muddat cho‘zilsa, juda yaxshi bo‘lar edi, — deydi Bunyod.
«O‘qish tizimini yo‘lga qo‘ymasdan turib «prava»ni talab qilish noto‘g‘ri»
Bekzod Saydullayev, Jizzaxdan kelib ishlaydi.
— Mening skuterim bor edi, endi majburiy tarzda elektr velosipedga o‘tishga to‘g‘ri kelyapti. Bu esa biz uchun zararli bo‘lyapti — ko‘p daromaddan voz kechyapmiz. Masalan, elektrda yuruvchi velosipedda tezlik 30 km/h dan oshmaydi, skuterda esa 60 km/h gacha boradi. Ilgarigi masofani endi ikki barobar ko‘proq vaqtda bosib o‘tyapmiz. Masalan, 4 kilometrik yo‘lni borib kelish uchun 40 daqiqa vaqt sarflanyapti, shu vaqt ichida men oltita buyurtma bajarishim mumkin edi. Hozir esa har bir buyurtma uchun 40 daqiqa ketyapti.
Haydovchilik guvohnomasi talab etilishi, albatta, xavfsizlik nuqtayi nazaridan to‘g‘ri, lekin buni amalga oshirish tartibi qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Masalan, «A» toifali prava olish uchun hozir faqat «Vatanparvar» tashkilotida o‘qish mumkin, boshqa avtomaktablarda bu imkoniyat yo‘q. Agar o‘qish narxlari arzonroq bo‘lsa yoki yengillik beriladigan tizim joriy etilsa, biz ham o‘qib, haydovchilik guvohnomasi olamiz. Lekin o‘qish tizimini yo‘lga qo‘ymasdan turib pravani talab qilish, menimcha, noto‘g‘ri, — deydi Bekzod.
«Besh kun o‘zim uchun, ikki kun velosiped uchun ishlayapman»
Ilhomjon Nazarov, Farg‘onadan kelib ishlaydi
— Mening benzinli motorollerim bor edi, lekin qaror kuchga kirgach, uyga qo‘yib qo‘ydim. Hech narsa deyolmaymiz, gapimizni eshitishmayapti. Men bu qarorga qarshiman. Dunyo bo‘ylab motori hajmi 49 sm kubgacha bo‘lgan skuterlarni «prava»siz haydashga ruxsat bor, bizda esa, mana, taqiqlandi.
Menda ortiqcha pul yo‘q — 8 mln so‘mga o‘qib, to‘lov qilishga imkonim yo‘q. Hisoblab chiqilsa, jami 10 mln so‘mga tushadi. O‘zimning skuterim ham 5–6 million turadi. Mayli, 8 million so‘mga «prava» olaylik, roziman, lekin uni ham olish qiyin. Agar imtihonda yiqilsangiz, qaytadan 1 million 200 ming so‘m to‘lash kerak ekan. Buning uchun 2–3 oy ishlamay, oila boqmay, testni yodlab tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘ladi. Bunga menda vaqt ham, mablag‘ ham yo‘q.
Daromad ham ancha pasaydi. Hozir elektr velosiped haydayapman, ilgari benzinli mototsiklda ishlardim. Bu velosipedning ijarasi haftasiga 500 ming so‘m — ya’ni besh kun o‘zim uchun, ikki kun velosiped uchun ishlayapman. Avval 12 yigit ishlardik, hozir olti kishi qoldik. Qolganlar Rossiyaga ketib qoldi. Biz esa bu holat qancha davom etishini bilmaymiz. Hozir 90 foiz odam shu qarordan norozilik bildiryapti, — deydi Ilhomjon.
«Imtihon skuterda bo‘lsin, eski mototsiklda emas»
Botir Ashurov, Surxondaryodan kelib ishlayotgan talaba
— Bizda ham skuterda harakatlanuvchilar uchun haydovchilik guvohnomasi kerak, lekin Qozog‘istondagi kabi alohida toifa joriy etilsa, yaxshi bo‘lardi. «Prava» ham, avtonomer ham ancha arzonroq bo‘lishi kerak. Hozir skuter uchun raqam olish narxi deyarli mashinaniki bilan teng bo‘lib qolgan — xarajatlar esa skuter yoki velosipedning o‘z qiymatiga yaqinlashib ketyapti.
Yana bir muhim jihat — imtihonlar albatta skuterda bo‘lishi kerak, eski mexanik mototsiklda emas. Chunki bizda taxminan 95 foiz haydovchi avtomat skuterlarda harakatlanadi, mexanik mototsiklni haydash ular uchun qiyin, — deydi Botir.
«Balkim, velosipedga ham «prava» olarmiz…»
Sarvarbek To‘raboyev, Andijondan kelib ishlaydi
— Skuterlarga «prava» majburiy bo‘lishiga ko‘pchilik qarshi. Shaxsiy fikrimcha, aslida bu transportni bilgan odamgina haydashi kerak. Endi, ba’zilar eplay olmaganidan keyin, masalan, Instagram yoki videolarda turli holatlar chiqib qoladi — bu esa, aslida, taqdir masalasi. Yoki «A» toifaga o‘qib, boshqacha qilib, yana cheklovlar qo‘yishadi — balki keyin velosipedga ham «prava» talab qilib qolishar... Menimcha, bunga hujjat talab qilish shart emas, bilgan odam minishi kerak. Hozir hamma narsa hujjat bo‘lib ketdi.
Imtihonga tayyorlanish ham, uni topshirish ham pul. Buning ijarasi bo‘ladi, uning «rasxodi» bo‘ladi. Agar benzinda yursa, benzinning puli bo‘lishi kerak, boshqasi bo‘lishi kerak, qoplamaydi. Agar rostdan ham xalqni «prava»ga o‘qitishni yoki hammada bo‘lishini xohlashsa, narsani oson qilib qo‘yishsa, xalq shuni qiladi. Bu narsani battar qiyinlashtirib, qimmatlashtirgan sari, hech kimning u narsani qilgisi kelmaydi. Hamkasblarimning o‘qish va imtihon narxlarini arzonlashtirish haqidagi fikriga qo‘shilaman. Aytishadi-ku, «kemaga tushganning joni bir», — hammasi o‘zimizdan, qo‘shilaman gaplariga, — deydi Sarvarbek.
Haydovchilik guvohnomasisiz skuter haydash uchun qanday jazo belgilangan?
Yangi tartib 2025 yil 1 oktyabrdan amalga kirdi. Unga ko‘ra, «A» toifali haydovchilik guvohnomasi mototsikl va unga tenglashtirilgan ikki g‘ildirakli vositalar uchun, «A1» toifasi esa dvigateli 125 sm³ gacha bo‘lgan yengil mototsikl va skuterlar uchun mo‘ljallangan.
Agar haydovchi belgilangan toifadagi guvohnomaga ega bo‘lmasa, unga nisbatan 2 mln 60 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanadi. Bu summa amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 5 baravariga teng.
Jamoatchilik faollari nima deydi?
Blogerlar va faollar ham mazkur qaror yuzasidan turli fikrlar bildirishdi. «Davletovuz» kanali asoschisi Qobil Xidirov bu masalada «oltin o‘rtalikni topish kerak»ligini ta’kidladi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov esa «yo‘q joydan muammo yaratilib, o‘lpon solinmasa, skuterlar aholini kambag‘allikdan chiqarishi mumkin»ligini yozdi. Shu bilan birga, u 130 mingga yaqin kuryerning ishsiz qolishi yoki norasmiy faoliyatga o‘tib ketishi xavfi borligini bildirdi.
«O‘zbekistonda davlatdan trillionlab subsidiya va imtiyozlar olib, milliardlab dollarlik pudrat va davlat buyurtmalariga ega bo‘lib, millionlab o‘zbekistonliklarning qon qaqshatib proteksionistik cheklovlar tufayli dollardagi milliarderga aylanganiga qaramay, hali biron oligarx yoki cho‘ntak vallomat 100 ming ishchi tugul, 50 ming ishchi o‘rni yaratmagan. Lekin davlatdan bir so‘m olinmay, so‘nggi 2–3 yilda yangi bozor hisobiga paydo bo‘lgan 130 ming ish o‘rni bir kunda yo‘q bo‘lishi mumkin. Bu esa bir guruh tor manfaatdorlarning hukumat qaroriga ko‘r-ko‘rona ta’sir ko‘rsatishi oqibatida yuz berdi», — deb yozdi O.Bakirov.
Tadbirkor Firuz Allayev esa masalaning iqtisodiy jihatini ham hisobga olish zarurligini ta’kidladi.
«Bugun minglab fuqarolar yetkazib berish xizmati va boshqa sohalarda aynan skuter va mopedlarda ishlaydi. Qishloq joylarda ular eski eshak va arava o‘rnini egallagan. Bu vositalar orqali aholining eng kam ta’minlangan qatlami daromad topayapti. Ulardan ko‘pchiligida na raqam, na haydovchilik guvohnomasi olish uchun pul bor. Ko‘p ehtimol bilan ular texnikasiz va ishsiz qoladi. Bu esa katta shaharlarda yetkazib berish xizmati narxi oshishiga va tezligi pasayishiga olib keladi. Bir tomondan jarimalar orqali byudjet yutsa-da, ikkinchi tomondan iqtisodiyot ish o‘rinlari va qiymat yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun umid qilamanki, qaror qabul qilishda shu kabi barcha omillar inobatga olinadi», — deb yozdi F.Allayev.
Jurnalist Shuxrat Latipov esa qonun va uning oqibatlarini tahlil qilar ekan shunday xulosani ilgari surdi:
«Hozircha yangi qoidalar xavfsizlik g‘amidan ko‘ra, 2024 yil boshidan buyon raqamlar sotuvidan daromadning bir qismini olayotgan bitta xususiy kompaniya manfaatlari bilan bog‘liqdek taassurot uyg‘otmoqda», — deydi u.
Bularning ortida kim turibdi?
Skuter va mopedlar bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilar ekanmiz, beixtiyor yaqin o‘tmishdagi «Avtotest» voqeasini ham yodga olish zarur. Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev ham bunga alohida to‘xtalib, shunday yozgan:

«2017 yili hukumatimiz yuridik shaxslarning haydovchilarini har ikki yilda bir marta malakasini oshirish shartligi haqida qaror chiqargan. Qaror talablari 2018 yil 1 iyuldan kuchga kirishi kerak edi (ammo keyinroq 2019 yil 3 avgustgacha kechiktirilgan — xuddi skuter va moped haydovchilari guvohnoma olishi haqidagi talab martdan oktyabrga kechiktirilgani kabi). Qarorning birinchi tahririga ko‘ra, yuridik shaxslarning malakasini oshirish bo‘yicha eksklyuziv huquq faqat «Avtotest»ga berilgan edi». Ammo o‘sha paytda qaror to‘la bekor qilinmagan. Faqatgina «Avtotest»ga berilgan monopol huquq bekor qilingan, xolos. Jamoatchilik 2018–2019 yilning avgust oyigacha ana shu qarorning bekor qilinishini talab qilgan, ammo hukumat hech qanday chora ko‘rmagan. «Qarorni qabul qilish jarayoni ham, uni joriy etish jarayoni ham, kechiktirilishi ham, «GAI»ning yashirin statistika raqamlari bilan manipulyatsiya ham, norozilik ham — o‘sha 2017–2019 yillardagi holat bilan deyarli bir xil. Ehtimol, bu ishlar ortida turganlar ham o‘sha-o‘shadir», — deb yozadi jurnalist Muxrim A’zamxo‘jayev.«Avtotest» esa «Biz tuhmatlardan charchadik», — deya yuridik shaxslarga tegishli mashinalar haydovchilarining malakasini oshirishni to‘xtatganini ma’lum qilgan. Shu bilan bu mavzu yopilgan, ammo tarix hech narsani unutmaydi. Bu hali hammasi emas. Bu qaror kuchga kirishi nafaqat kuryerlarga, balki tadbirkorlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Muammoga yechim boshqa muammolarni tug‘dirmoqda.
«Yangi qonun sabab kuryerlar yetishmasligi kuchayishi mumkin»
1 oktyabrdan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, moped va skuter haydovchilari haydovchilik guvohnomasi va davlat raqamiga ega bo‘lishi shart. Tadbirkor Irina Salixovaning ta’kidlashicha, bu talab yetkazib berish sohasidagi kadr yetishmovchiligini yanada kuchaytiradi.«Bizda har kuni buyurtmalarning 20–25 foizi Ultima, Wolt, Uzum Tezkor va Express24 orqali amalga oshiriladi. Ammo kurerlar soni yetmaydi. Guruhlarda «kuryer topilmadi, buyurtma bekor qilindi» degan xabarlar tez-tez chiqadi. Texnik jihatdan biz zarar ko‘rmaymiz, lekin mijoz uchun bu yomon taassurot qoldiradi», — deydi tadbirkor.Uning so‘zlariga ko‘ra, guvohnoma va raqam olmagan kuryerlar ishni davom ettira olmasligi yetkazib berish tizimini izdan chiqarishi mumkin. «Ko‘pchilik velosipedga o‘tadi, bu esa yetkazib berish tezligini pasaytiradi», — deya ta’kidladi Salixova. Iqtisodchi Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, 1 oktyabrdan kuchga kirgan moped va skuterlar uchun haydovchilik guvohnomasi hamda davlat raqami talab etuvchi qoidalar nafaqat kuryerlar, balki oddiy fuqarolar uchun ham og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda. «Arzon va imkoniyati keng mopedlar nafaqat yuz minglab kuryerlar uchun tirikchilik vositasi, balki Marhamatdan Shumanaygacha bo‘lgan chekka tumanlardagi o‘qituvchilar uchun ham asosiy transport edi. Endilikda esa ular maktabga borish uchun ikki-uch oylik maoshini haydovchilik kurslari, davlat raqami va to‘lovlarga sarflashga majbur bo‘ladi yoki piyoda yurishadi», — deb yozdi iqtisodchi o‘z sahifasida. Bakirovning so‘zlariga ko‘ra, bu qoidalar aholining eng mehnatkash qatlamini jazolamoqda. «Hukumat transport xavfsizligini bahona qilib, aholining hayotiy ehtiyojidan daromad manbai yaratdi. Bu eng kam daromadli qatlam uchun adolatsiz qaror», — deydi u. Tanganing boshqa tomoni: nogironligi bo‘lgan shaxslar nima qiladi? Jurnalist Shuhrat Shokirjonovga kelgan murojaatga ko‘ra, 1 oktyabrdan kuchga kirgan moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda haydovchilik guvohnomasi talab etish qoidalari nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun ham og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda. Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi I guruh nogironi Q.Amonovning so‘zlaricha, yangi tartib uning hayotini sezilarli darajada qiyinlashtirgan.
«Avariyadan keyin nogiron bo‘ldim, hassada yuraman. To‘rt yil avval bir saxovatpesha inson menga uch g‘ildirakli elektrotsikl sovg‘a qilgandi. Endi uni boshqarish uchun pravaga o‘qish kerak ekan. Avtonomer olish kerak ekan. Texpasport olish 1 million 600 ming so‘m ekan. «Vatanparvar»ga bordim. Haydovchilik guvohnomasiga o‘qish uchun 1,5 million so‘m to‘lash kerak ekan», — deydi Amonov. Uning ta’kidlashicha, tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayoni ham oson emas. «Shifokorlar ruxsat bermayapti. «Xohlasam yozaman, xohlasam yozmayman, qayerga borsang bor» dedi. Biz uch nafar nogiron yomg‘irda soatlab kutdik, lekin komissiya qabul qilmadi», — deb yozadi u.Uning ta’kidlashicha, nafaqasi 1 million so‘m va shunday sharoitda qimmatroq to‘lovlar va rasmiy hujjatlar uning mustaqil harakatlanish imkonini yo‘qotishi mumkin. Ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslar aynan elektrotsikllar orqali ish va ijtimoiy faollikni ta’minlab kelgan, yangi tartib ularni katta moddiy qiyinchilikka soladi. «Davlatga boqimanda bo‘lmaylik, deb o‘zimizning kunimizni ko‘rib yurgan bo‘lsak. Keyin piyoda yuramizmi yoki uyda o‘tiramizmi?! Hukumatimiz shuncha qaror chiqargan bo‘lsa u qarorlar bizlar uchun emasmi?», — deydi murojaat yakunida. Xulosa qilib aytganda, moped va skuter haydovchilari uchun «A» toifali haydovchilik guvohnomasi talabini joriy etish g‘oyasi — qog‘ozda xavfsizlikni ta’minlashni ko‘zlasa-da, amalda minglab fuqarolar uchun yangi ijtimoiy va iqtisodiy to‘siqlar yaratib qo‘ydi. Hukumat bu qaror orqali tartib va mas’uliyatni kuchaytirmoqchi bo‘ldi, ammo tizim tayyor emasligi, o‘quv markazlari soni va narxlari adolatli emasligi, imtihon tartibining murakkabligi va axborot ochiqligining yetishmasligi natijada xavfsizlikdan ko‘ra norozilikni ko‘paytirdi. Hozirgi holatda asosiy xato — muammoni faqat jazo va cheklov orqali hal qilishga urinishdir. Agar maqsad haqiqatan ham inson hayotini asrash bo‘lsa, u holda davlat odamlarni to‘sish emas, o‘qitish va tayyorlash bilan boshlashi lozim. Buni amalga oshirish uchun qisqa muddatli va cho‘ntakbop o‘quv kurslarini joriy etish, imtihonni aynan skuterlarda topshirish imkonini berish, narx va jarimalarni adolatli darajaga tushirish hamda fuqarolarni jazolash emas, qo‘llab-quvvatlash yo‘lidan borish zarur. Bu qarorning eng og‘ir oqibatini aynan mehnatkash qatlam — kuryerlar, talabalar, o‘qituvchilar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolar his etmoqda. Ular uchun moped yoki skuter hashamat emas, tirikchilik, harakatlanish vositasi. Shu bois, ularni iqtisodiy imkoniyati va real sharoitiga qarab qonun doirasida integratsiya qilish — davlatning burchi. Hukumat aholining turmush darajasini hisobga olgan holda, bir necha oylik o‘tish davrini belgilab, imtiyozli o‘quv dasturlarini ishga tushirishi, nogironligi bor shaxslar va chekka hudud aholisi uchun alohida qulay tartib joriy etishi kerak. Tartib kerak, xavfsizlik kerak — lekin inson manfaatini unutgan qonun hech qachon ish bermaydi. Davlat va fuqaro o‘rtasida ishonch bo‘lmasa, eng yaxshi qaror ham mantiqsiz bo‘lib qoladi. Shuning uchun bugun eng muhim vazifa — qonunni emas, tizimni insonparvar qilish. Yo‘llarda tartib faqat dubulg‘a va prava bilan emas, balki adolat, axborot va ochiq muloqot bilan ta’minlanadi. Aks holda, bu qarorning tagida xavfsizlik emas, manfaat ko‘zlangani haqidagi gumonlar yanada kuchayadi. Agar esa davlat fuqarolarning dardini eshitsa, ularga qulay va shaffof yo‘l taklif etsa — u holda bu islohot haqiqiy islohotga aylanadi. Zotan, moped va skuter haydovchilari ham haydovchilik guvohnomasi olish haqidagi qarorga qarshi emas — aksincha, xavfsizlik va tartib bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ammo ular kurs narxlari, imtihon jarayoni va davlat raqami olish kabi «to‘la-to‘la» jarayonlar ortidan tizimni qayta ko‘rib chiqishni, uni xalq imkoniyatiga moslashtirishni xohlashmoqda. Chunki islohotning maqsadi odamni jazolash emas, balki unga qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘lishi kerak. Shundagina bu qaror haqiqiy tartib va xavfsizlikni ta’minlaydigan adolatli tizimga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq haydovchilik guvohnomasi olish qimmatga tushishi, savollar esa murakkabligi haqida surishtiruv e’lon qilingan edi. Mahliyo Hamidova tayyorladi.