Qirg‘iziston rekord darajada investitsiya jalb qildi
Jami 55 ta loyiha xalqaro moliya institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
© «Кабар» ахборот агентлигиQirg‘iziston 2025-yilda donorlardan rekord miqdorda – 981,3 million dollar jalb qildi. Bu mablag‘lar yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minoti, energetika va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan, deb xabar berdi «24.kg».
Yevroosiyo Barqarorlashtirish va taraqqiyot jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil so‘nggi 12 yil ichida eng muvaffaqiyatli yil bo‘lgan. Xalqaro tashkilotlar mamlakatda 55 ta loyihani moliyalashtirgan.
Mablag‘lar asosan ikki shaklda kelgan:
imtiyozli kreditlar – 811,5 mln dollar (82,7 foiz)
grantlar – 169,8 mln dollar (17,3 foiz)
Asosiy moliyalashtiruvchilar:
Jahon banki – 385,4 mln dollar
Oziyo taraqqiyot banki – 255,6 mln dollar
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki – 112,7 mln dollar
Mablag‘lar quyidagi yo‘nalishlarga sarflangan:
iqtisodiyot va budjet qo‘llab-quvvatlash – 273,2 mln dollar
toza suv ta’minoti – 201,4 mln dollar
energetika – 92,4 mln dollar
qishloq xo‘jaligi – 77 mln dollar.





