Zelenskiy Putinni Gitlerga qiyoslagan bayram murojaatini e’lon qildi

Bugun 20:502 daqiqa

Ukraina prezidenti G‘alaba kuni munosabati bilan keskin bayonot berdi. U Rossiyani «natsizmning yangi talqini» deb atadi.

Zelenskiy Putinni Gitlerga qiyoslagan bayram murojaatini e’lon qildi © president.gov.ua

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan G‘alaba va Xotira kuni munosabati bilan murojaat yo‘lladi. Unda Zelenskiy ukrainlar gitlerga qarshi koalitsiya tarkibida fashizmga qarshi kurashda katta hissa qo‘shganini ta’kidladi.

Uning aytishicha, millionlab ukrainlar turli frontlarda xizmat qilgan va natsistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabada muhim rol o‘ynagan.

Rossiyaga nisbatan keskin bayonot

Ukraina rahbari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga ham to‘xtalib, zamonaviy dunyo yana «yovuzlikni to‘xtatishga» majbur bo‘layotganini bildirdi.

«Afsuski, 81 yil o‘tgach, biz yana yovuzlikni to‘xtatishga majbur bo‘lmoqdamiz. Bu ham vayronagarchilik va zulmdan boshqa hech narsa keltirmaydigan, xuddi o‘sha nafrat mafkurasiga asoslangan mutlaq yovuzlikdir. U «Rossiyada ishlab chiqarilgan» degan tamg‘aga ega natsizmning yangilangan talqinidir»,— dedi u.

Zelenskiy o‘z murojaatida Ukrainaga yordam berayotgan davlatlar va xalqlarga alohida minnatdorlik bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Putin siyosatidan himoyalanish Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashganlar xotirasiga hurmat ramzi hisoblanadi.

«Odamlar hayoti va xalqlar erkinligini Putindan himoya qilish — bu Gitlerga Yevropa va dunyoni bosib olishiga yo‘l qo‘ymaganlar xotirasini munosib ulug‘lashdir», — dedi Ukraina prezidenti.

Sovet andozasidan voz kechish

Rossiya bilan urush fonida Kiyev Ikkinchi jahon urushi xotirasini nishonlash bo‘yicha sovetcha yondashuvdan voz kechgan.

Avval Ukrainada 8-may Xotira va yarashish kuni, 9-may esa Natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba kuni sifatida nishonlanardi. Biroq 2023 yilda rasmiy Kiyev 9-may bayramini bekor qilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Zelenskiy Putinni Gitlerga qiyoslagan bayram murojaatini e’lon qildi | Vaqt.uz