Toshkentda gullar festivali bo‘lib o‘tadi

Bugun 18:591 daqiqa

Milliy kutubxona maydonida bo‘lib o‘tadigan tadbirga kirish bepul.

Toshkentda gullar festivali bo‘lib o‘tadi © sputniknews.uz

7–9-may kunlari Toshkent shahrida «Tashkent Flowers Fest — 2026» gullar bayrami o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbir har kuni soat 10:00 dan 22:00 ga qadar Yunusobod tumanidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida bo‘lib o‘tadi. Festivalga kirish bepul.

Festival munosabati bilan 2-maydan 11-mayga qadar quyidagi ko‘cha qismlari transport vositalari harakati uchun yopiladi:

• Zarafshon ko‘chasi: Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Mustaqillik shoh ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

• Istiqlol ko‘chasi: Amir Temur shoh ko‘chasi va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

• Buyuk Turon ko‘chasi: Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.

Festival dasturidan gullar ko‘rgazmasi, san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlari hamda badiiy jamoalarning chiqishlari o‘rin olgan. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun turli interfaol ko‘ngilochar dasturlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid