SSV rahbariyatining deyarli barchasi lavozimdan olindi

Bugun 21:582 daqiqa

Ishdan olinganlar orasida Elmira Bositxonova, Ilhomjon Umrzoqov, Alisher Boboyev va Farhodjon Tashpo‘latovlar bor.

SSV rahbariyatining deyarli barchasi lavozimdan olindi © Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi va tarkib deyarli to‘liq yangilandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Eldor Erkinovich Adilov Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi. Ushbu tayinlov munosabati bilan u Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Asilbek Anvarovich Xudoyorov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod qilindi.

Prezident qarori bilan vazirlikning yangi o‘rinbosarlar tarkibi tasdiqlandi:

Otabek Sunnatovich Imomov – sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi (Alisher Boboyev o‘rniga);

Jaloliddin Sharofutdinovich Asamutdinov – vazirning komplayens va ichki antikorrupsion nazorat bo‘yicha o‘rinbosari;

Adxam Yusupovich Xudaykulov – vazir o‘rinbosari;

Sherzod Dilmuratovich Muhamedov – vazir o‘rinbosari;

Ilhomjon O‘rinboy o‘g‘li Umurzaqov – vazir o‘rinbosari. U bunga qadar iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari – Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shu bilan birga, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi nomi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi deb o‘zgartirildi. Abdulla Abdisalamovich Azizov ushbu agentlik direktori lavozimini saqlab qoldi. Shuningdek, vazirlikning avvalgi rahbariyatidan faqat Olim Murodullayevich Omonov vazir o‘rinbosari sifatidagi lavozimida qoldi.

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan quyidagi shaxslar lavozimidan ozod etildi:

— Alisher Shukrullayevich Boboyev — vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimidan;

— Elmira Irkinovna Bositxonova — vazir o‘rinbosari lavozimidan;

— Farhodjon Muhammadjonovich Toshpo‘latov — vazir o‘rinbosari lavozimidan.

Teglar

Mavzuga oid