Zominda yangi qurilgan suv kanali buzilib, aholi uylariga suv toshgani aytilmoqda

Kecha 22:181 daqiqa

Ijtimoiy tarmoq faoli mas’ullardan kanal qurilishiga qancha mablag‘ sarflangani, pudratchi tashkilot nomi va yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha kim javobgarligi yuzasidan ma’lumot talab qilmoqda.

Zominda yangi qurilgan suv kanali buzilib, aholi uylariga suv toshgani aytilmoqda © Videodan kadr

Zomin tumanining «Gulshan» MFY hududidagi Tig‘iriq qishlog‘ida yangi qurilgan suv kanalida nosozlik yuzaga keldi. Buning oqibatida suv aholi yashash punkti va xonadonlariga kirgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoq faoli Xudoyberdi Zominiy ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, kanal qurilishi jarayonida texnik xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilmagan. Xususan, yer ostidan o‘tayotgan quvurlarning og‘ziga xavfsizlik uchun maxsus panjaralar o‘rnatilmagan. Ayni vaqtda aholi xonadonlariga jiddiy zarar yetmagani aytilmoqda.

Xudoyberdi Zominiy o‘z chiqishida mazkur obyektning sifati va uni qabul qilib olish jarayoni yuzasidan mas’ullarga bir qator savollar bilan yuzlangan.

«Bu kanalni kim qabul qilib olgan? Kim «hammasi joyida» deb imzo chekkan? Qaysi tashkilot buning sifatiga javob beradi? Agar bugun kanal buzilib, suv odamlarning uy-joyiga, tomorqasiga xavf solayotgan bo‘lsa, bu shunchaki «texnik nosozlik» emas. Bu — mas’uliyatsizlik», - deyiladi postda.

Shuningdek, muallif tuman mas’ullaridan kanal qurilishiga qancha mablag‘ sarflangani, pudratchi tashkilot nomi va yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha kim javobgarligi yuzasidan ochiq ma’lumot berishni talab qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Zominda yangi qurilgan suv kanali buzilib, aholi uylariga suv toshgani aytilmoqda | Vaqt.uz