Qirg‘iziston iqtisodiyoti O‘zbekistonnikidan tezroq o‘smoqda
2026-yil yanvar–mart oylarida Qirg‘iziston yalpi ichki mahsuloti 428,6 mlrd somni tashkil etib, iqtisodiyot 8,8 foizga o‘sdi.
© foto: 24.kg2026-yil yanvar–mart oylarida Qirg‘iziston yalpi ichki mahsuloti hajmi 428 mlrd 576,9 mln somni (taxminan 4,9 mlrd dollar) tashkil qildi. Bu haqda mamlakat mamlakat iqtisodiyot vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, iqtisodiy o‘sish 8,8 foiz darajasida shakllangan. YAIM o‘sishiga eng katta hissani xizmatlar sohasi qo‘shgan. Sohaning hajmi 215 mlrd 978,8 mln somga (taxminan 2,4 mlrd dollar) yetgan bo‘lib, YAIM tarkibidagi ulushi 50,4 foizni tashkil etdi. Sanoat ham iqtisodiy o‘sishga sezilarli hissa qo‘shdi. Sanoat ishlab chiqarishi hajmi 99 mlrd 10,6 mln somga (taxminan 1,1 mlrd dollar) yetdi, o‘sish sur’ati 13,4 foiz, YAIMdagi ulushi esa 23,1 foiz bo‘ldi. Qurilish sohasi hajmi hisobot davrida 26 mlrd 952,5 mln somni (taxminan 308,5 mln dollar) tashkil qildi. O‘sish sur’ati 29,6 foiz bo‘lib, YAIMdagi ulushi 6,3 foizgacha oshdi.
Eng kichik hissa qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keldi. Tarmoq hajmi 16 mlrd 336,9 mln somni (186 mln dollar) tashkil qildi, o‘sish sur’ati 2,8 foiz, YAIMdagi ulushi esa 3,8 foiz bo‘ldi.
Mahsulotlarga sof soliqlar hajmi 70 mlrd 298,1 mln somga (taxminan 804 mln dollar) yetdi, YAIMdagi ulushi 16,4 foiz, o‘sish sur’ati esa 9,2 foiz bo‘ldi.
Taqqoslash uchun, 2025-yil yanvar-mart oylarida YAIM hajmi 348 mlrd 775,3 mln som (taxminan 4 mlrd dollar) bo‘lgan, iqtisodiy o‘sish sur’ati esa 12,6 foizni tashkil etgan. Bir yil ichida iqtisodiyot tarkibida sanoat va qurilish ulushi oshgan, xizmatlar sohasi hamda qishloq xo‘jaligining ulushi esa kamaygan.
O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi qanday?
O‘zbekiston Respublikasida 2026 yilning yanvar–mart oylari yakunlariga ko‘ra yalpi ichki mahsulot hajmi 447,9 trln so‘mni (taxminan 37 mlrd 101 mln dollar) tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiyotning real o‘sish sur’ati 2025-yilning shu davriga nisbatan 8,7 foizni tashkil qilgan. 2025-yilning birinchi choragida esa o‘sish sur’ati 6,8 foizni tashkil etgan edi.
YAIM dinamikasiga nazar tashlansa, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barqaror o‘sish kuzatilmoqda. Xususan, 2022-yil yanvar–mart oylarida 186,7 trln so‘m bo‘lgan ko‘rsatkich 2023-yilda 228,9 trln so‘mga, 2024-yilda 276,9 trln so‘mga, 2025-yilda esa 372,8 trln so‘mga yetgan. 2026-yilda esa bu ko‘rsatkich 447,9 trln so‘mga chiqib, iqtisodiy o‘sishning izchil davom etayotganini ko‘rsatmoqda.
Ikki davlat iqtisodiyti taqqoslansa, O‘zbekiston iqtisodiyotining hajmi ancha katta ekanini ko‘rish mumkin. Qirg‘iziston iqtisodi nisbatan kichikroq bo‘lsada tezroq o‘smoqda.





