
Yana 3 mlrd dollar tashqi qarz olinadi, byudjet kamomadini qoplash uchun — Iqtisodiyot vazirligi
31.07.2025 | 19:0040629
Fiskal strategiyaga ko‘ra, kelasi yil tashqi qarzning 25 trln so‘mi, 2027 yilda esa 29,6 trln so‘mi davlat dasturlariga ajratiladi. Shuningdek, byudjet taqchilligini qoplashning asosiy manbasi ham tashqi qarz olish bo‘lib qoladi.

O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi shu yil I choragida 68,4 mlrd dollarga yetgan edi. Shundan davlat tashqi qarzi 35,8 mlrd dollar, 32,6 mlrd dollar esa korporativ tashqi qarzdan iborat. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2026–2028 yillar uchun fiskal strategiyaga ko‘ra, 2025 yil yanvar holatida davlat qarzi YAIMga nisbatan 35 foizga teng bo‘lgan.
Qarzning katta qismi tashqi manbalardan, qolgan qismi ichki moliya bozorlaridan jalb qilingan. Raqamlar shundan dalolat bermoqdaki, davlat moliyasidagi asosiy yuk tashqi kreditorlar zimmasiga tushmoqda.
2025 yilda O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti daromadlari 474,9 trln so‘mni, xarajatlari esa 526,9 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bu hisobda byudjet taqchilligi 52,1 trln so‘mga teng bo‘ladi. Bu YAIMning 3 foiziga teng.
Fiskal strategiyada kelgusi yillarda ham taqchillik saqlanib qolishi aytib o‘tilgan. Jumladan:
Tashqi qarzlar iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, eng katta ulush — 15,3 mlrd dollar — davlat byudjeti dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan. Energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlariga 2,9 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratilgan.
Yana 9,1 foiz qarz yapon iyenasida, 6,5 foiz o‘zbek so‘mida, 6,5 foiz esa Xalqaro valyuta jamg‘armasining SDR zaxira valyuta birligida. Yevro — 5,2 foiz, yuan esa — 2,6 foizni tashkil etadi.
Ichki qarzlar asosan milliy valyutaning o‘zida — so‘mda — bo‘lgani uchun valyuta xatari kamroq. Valyutalar bo‘yicha diversifikatsiya esa davlat qarzi barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Fiskal strategiyada ta’kidlanishicha, mazkur loyihalar iqtisodiyotda uzoq yillar davomida investitsiyalarga bo‘lgan yuqori talab mavjud bo‘lgan holatda iqtisodiy infratuzilmani yaratish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, ularni modernizatsiya qilish, raqobatbardoshlikni oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Davlat tashqi qarzining 33,7 mlrd dollarlik hajmi quyidagi kreditorlar hisobiga shakllantirilgan:
Byudjet taqchilligi yana uch yil davom etadi
2025 yilda O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti daromadlari 474,9 trln so‘mni, xarajatlari esa 526,9 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bu hisobda byudjet taqchilligi 52,1 trln so‘mga teng bo‘ladi. Bu YAIMning 3 foiziga teng.
Fiskal strategiyada kelgusi yillarda ham taqchillik saqlanib qolishi aytib o‘tilgan. Jumladan:
- 2026 yilda taqchillik — 58,8 trln so‘m;
- 2027 yilda — 67 trln so‘m;
- 2028 yilda esa — 75,9 trln so‘mga yetishi prognoz qilingan.
- 2025 yilda — 39 trln so‘m;
- 2026 yilda — 39,9 trln so‘m;
- 2027 yilda — 41,1 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
Qarz mablag‘lari qanday taqsimlangan?
Tashqi qarzlar iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, eng katta ulush — 15,3 mlrd dollar — davlat byudjeti dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan. Energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlariga 2,9 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratilgan.
Davlat qarzining valyuta tarkibi
2025 yil 1 yanvar holatida O‘zbekiston davlat qarzining 67,7 foizi AQSH dollarida shakllangan. Bu xalqaro kreditlar asosan dollarda berilishini ko‘rsatadi. Dollar kursining o‘zgarishi davlat qarzi hajmiga bevosita ta’sir qiladi.
Yana 9,1 foiz qarz yapon iyenasida, 6,5 foiz o‘zbek so‘mida, 6,5 foiz esa Xalqaro valyuta jamg‘armasining SDR zaxira valyuta birligida. Yevro — 5,2 foiz, yuan esa — 2,6 foizni tashkil etadi.
Ichki qarzlar asosan milliy valyutaning o‘zida — so‘mda — bo‘lgani uchun valyuta xatari kamroq. Valyutalar bo‘yicha diversifikatsiya esa davlat qarzi barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Fiskal strategiyada ta’kidlanishicha, mazkur loyihalar iqtisodiyotda uzoq yillar davomida investitsiyalarga bo‘lgan yuqori talab mavjud bo‘lgan holatda iqtisodiy infratuzilmani yaratish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, ularni modernizatsiya qilish, raqobatbardoshlikni oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Kreditorlar kim?
Davlat tashqi qarzining 33,7 mlrd dollarlik hajmi quyidagi kreditorlar hisobiga shakllantirilgan:
- Osiyo taraqqiyot banki (ADB) — 7,4 mlrd dollar;
- Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va boshqalar — 7,6 mlrd dollar;
- Jahon banki — 4,1 mlrd dollar;
- Fransiya taraqqiyot agentligi va boshqalar — 5,2 mlrd dollar;
- Xalqaro investorlar (obligatsiyalar) — 3,8 mlrd dollar;
- Xitoy banklari — 2,9 mlrd dollar;
- Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki — 1,7 mlrd dollar.





