«Siyosiy ekstremizm»: Yangi qonun mazmunida nimalar yashirin?
Jinoyat kodeksidagi fundamental o‘zgarishlar fuqarolik jamiyati uchun qanday ta’sir qiladi?
Shu yil 10-aprel kuni internet nashrlarida Qonunchilik palatasi reliziga tayanib, O‘zbekistonda ekstremistik jinoyatlar ro‘yxati kengaytirilayotgani va unga endi «siyosiy ekstremizm» tushunchasi hamda «norasmiy tashkilotlar» ham kiritilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Shu xabarlardan keyin ham 20 kuncha o‘tdi. Ammo Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan milliy, irqiy va siyosiy ekstremizm tushunchalari hamda ular uchun javobgarlik belgilanishi masalasi o‘zbek tilli ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinganiga duch kelmadik. Negadir odamlar jim.
«Fikr vaqti» dasturining navbatdagi sonida biz ana shu muhim va ayni paytda jamoatchilik e’tiboridan chetda qolayotgan mavzuni tahlil qildik. Xo‘sh, «siyosiy ekstremizm» o‘zi nima? Yangi qonun orqali nima maqsad qilingan?
Mavzu atrofidagi shu va boshqa savollarga mehmonlarimiz: jamiyatshunos Dilsora Fozilova, huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov va siyosatshunos Hamid Sodiq bilan birgalikda javob izlaymiz.
Teglar






