add

Yevroittifoqning «Made in EU» rejasi: Turkiya uchun xavf yoki imkoniyat

Bugun 09:005152 daqiqa

Yevropa Ittifoqining «Made in EU» tashabbusi 2026 yilda hal qilinadi va u Turkiya iqtisodiyoti uchun yoki yirik sanoat imkoniyati, yoki og‘ir eksport zarbasiga aylanishi mumkin.

Yevroittifoqning «Made in EU» rejasi: Turkiya uchun xavf yoki imkoniyat

Yevropa Ittifoqi Xitoyning so‘nggi yillarda keskin kuchaygan sanoat va texnologik ekspansiyasiga javob sifatida «Made in Europe» yoki «Made in EU» deb nomlangan yangi ishlab chiqarish siyosati ustida ish olib bormoqda. Mazkur reja, avvalo, avtomobilsozlik, quyosh panellari, akkumulyatorlar va iste’mol elektronikasi kabi sohalarda Yevropa ishlab chiqarishini himoya qilishni ko‘zlaydi, deb yozmoqda Turkiyaning Donanimhaber.com onlayn nashri.

«Made in EU» konsepsiyasiga ko‘ra, mahsulotning kamida 70 foizi Yevropa hududida ishlab chiqarilgan bo‘lishi shart. Bunday mahsulotlar soliq imtiyozlari, davlat xaridlarida ustuvorlik va qo‘shimcha rag‘batlantirish choralariga ega bo‘ladi. Asosiy maqsad — Yevropa Ittifoqining Xitoyga bo‘lgan ishlab chiqarish va texnologiyaviy qaramligini kamaytirish.

Bu tashabbus atrofida Yevroittifoq ichida yakdil fikr yo‘q. Fransiya ushbu rejaning asosiy tarafdori bo‘lib kelgan bo‘lsa, Germaniya, Chexiya va Boltiq davlatlari avvalroq ehtiyotkor pozitsiyada edi. Biroq Xitoy elektr avtomobillarining Yevropa bozorida tez sur’atda ulush ola boshlashi Germaniyani ham «Made in EU» rejasini qo‘llab-quvvatlashga undadi. Masala bo‘yicha muzokaralar 2026 yil 28-yanvarga qoldirilgan.

Eng asosiy savol — Turkiya ushbu tizimga kiritiladimi yoki yo‘q. Turkiya Yevroittifoq a’zosi bo‘lmasa-da, Bojxona ittifoqi orqali Yevropa uchun eng yirik ishlab chiqarish va savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. «Toyota», «Renault», «Ford», «Hyundai» va «Fiat» kabi brendlar Turkiyada ishlab chiqargan avtomobillarini hech qanday qo‘shimcha bojsiz Yevropa bozoriga chiqaradi.

Turkiya Savdo vaziri o‘rinbosari Mustafo Tuzjuning ta’kidlashicha, «Made in EU» kabi tashabbuslar xalqaro savdo qoidalariga zid bo‘lishi mumkin va bu nafaqat Turkiya, balki Yevropa sanoati uchun ham salbiy oqibatlarga olib keladi. U Turkiyaning ishlab chiqarish salohiyati YIning iqtisodiy barqarorligini oshirishini qayd etgan.

Agar Turkiya «Made in EU» doirasidan chetda qolsa, bu holat avtomobil, avtobus va mudofaa sanoati eksportiga jiddiy zarba beradi. «Togg», «Karsan», «Anadolu Isuzu» va «Otokar» kabi kompaniyalar Yevropa davlat xaridlari va soliq imtiyozlaridan mahrum bo‘ladi. Ayniqsa, elektr avtomobillar uchun beriladigan subsidiyalardan foydalana olmaslik Turkiya mahsulotlarining raqobatbardoshligini pasaytiradi.

Boshqa tomondan, Turkiyaning ushbu tizimga kiritilishi yoki o‘tish davri berilgan taqdirda, mamlakat Yevropa sanoat zanjirining ajralmas qismiga aylanishi mumkin. Bu holda mahalliy ishlab chiqarish hajmi o‘sadi, Xitoy kompaniyalarining Turkiyaga investitsiyalari jadallashadi va Yevropa uchun strategik ishlab chiqarish markazi sifatida Turkiyaning o‘rni mustahkamlanadi.

Shu tariqa, «Made in EU» rejasi Turkiya uchun hal qiluvchi burilish nuqtasi hisoblanadi. 2026 yilda qabul qilinadigan qaror mamlakat uchun yoki yirik sanoat imkoniyati, yoki sezilarli iqtisodiy yo‘qotishlar keltirib chiqarishi mumkin.

Avvalroq Markaziy Osiyo mamlakatlari «Made in Central Asia» brendini yaratib, mamlakatlar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar

Teglar

Mavzuga oid