
10 oy davomida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan
O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-oktabr oylarida turli rusumdagi 370 000 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida mamlakatda 370 mingdan ziyod yengil avtomobillar ishlab chiqarildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30,2 ming donaga ko‘p bo‘lib, mahalliy avtomobilsozlik tarmog‘idagi barqaror o‘sishni aks ettiradi.
Hisobot davrida ishlab chiqarilgan avtomobillar orasida Cobalt modeli yetakchilik qildi. Jami 131 769 dona Cobalt ishlab chiqarilib, umumiy hajmning salmoqli qismini egalladi. Mazkur model bozordagi talab yuqoriligi bilan ajralib turib, 2025 yilda ham ichki sotuvlar segmentida ustuvorligini saqlab qolmoqda.
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Damas modeli egalladi — 75 846 dona.
Shuningdek, Tracker modeli 40 034 dona, Onix esa 25 599 dona miqdorda yig‘ildi. Bundan tashqari, xorijiy brendlar ham ichki konveyerda o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda: KIA — 21 970 dona, Chery — 7 771 dona, Haval — 7 654 dona, BYD — 15 010 dona ishlab chiqarilgani qayd etildi.
Yil davomida Tank 500 modelidan 500 dona avtomobil tayyorlangan. Shuningdek, 44 297 dona maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ham statistikada aks etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzAuto Motors 3-noyabrda sotuvga qo‘ygan 100 mingta Chevrolet Cobalt uchun 7 kunlik muddatda bor-yo‘g‘i 20 ming 833 ta avtomobil uchun to‘lov amalga oshirilgan, qolgan shartnomalar esa bekor qilingani, kompaniya sotilmagan avtomobillarning keyingi sotuv jarayoni haqida ma’lumot bergan edi.





