Logo

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoldi

Bugun 11:061 daqiqa

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani o‘zgartirmasdan, yillik 14 foiz darajasida saqlab qolishga qaror qildi. Regulyator yuqori ichki talab va tashqi bozorlardagi beqarorlik inflyatsion bosimni saqlab qolayotganini ta’kidladi.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoldi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Markaziy bank Boshqaruvining 2026-yil 4-noyabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida yillik inflatsiya 6,4 foizni, bazaviy inflatsiya esa 5,5 foizni tashkil etgan. Inflyatsion kutilmalar pasayishda davom etmoqda.

Shu bilan birga, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida iqtisodiy o‘sish 8,3 foizga yetgan. Regulyator yuqori ichki talab inflyatsion bosimni saqlab qolayotganini qayd etdi.

Jahon bozorlarida oziq-ovqat va energiya resurslari narxlarining o‘zgaruvchanligi ham inflyatsion xatarlarni kuchaytirmoqda.

Markaziy bankka ko‘ra, ijobiy real foiz stavkalari va so‘mdagi jamg‘armalarning jozibadorligi qat’iy pul-kredit sharoitlarini ta’minlamoqda.

Regulyator prognozlariga ko‘ra, 2026-yil yakunida inflatsiya 7 foiz atrofida bo‘lishi, 2027-yil yakunida esa 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga yetishi kutilmoqda.

Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 16-dekabr kuni o‘tkaziladi.

Teglar

Mavzuga oid