add

13 yoshli afg‘on bola samolyotning shassi bo‘lmasida Dehliga uchib keldi

23.09.2025 | 18:0044912

13 yoshli afg‘on bolakay Kobuldan uchgan samolyotning shassi bo‘limida yashirinib, 94 daqiqalik parvoz davomida Hindiston poytaxtiga yetib keldi.

13 yoshli afg‘on bola samolyotning shassi bo‘lmasida Dehliga uchib keldi
India today xabar berishicha, Kunduz shahrida istiqomat qiluvchi bola Kobul aeroportining cheklangan hududiga kirib, KAM Air aviakompaniyasiga tegishli RQ-4401 reysi shassi qismiga yashirinib olgan. Samolyot yakshanba kuni soat 11:00 da Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Samolyot qo‘ngandan keyin bola uchish-qo‘nish yo‘lagida adashib yurgan payti aviakompaniya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Keyin u Markaziy sanoat xavfsizlik xizmatiga topshirilib, aeroportning 3-terminalida so‘roq qilingan. Tergov paytida bola bu ishga faqat qiziquvchanlik tufayli qo‘l urganini, uning oqibatlarini anglamaganini aytgan. Rasmiylar ma’lumot berishicha, o‘sha kuni soat 12:30 da qaytib uchgan reys orqali Afg‘onistonga qaytarilgan. Uchuvchilar va xavfsizlik xizmatlari samolyot qismida tekshiruv o‘tkazib, undan qizil rangli kichik kolonka topishgan. Barcha tekshiruvlar va diversiyaga qarshi choralar ko‘rilgandan so‘ng samolyot parvoz uchun xavfsiz deb topilgan.

Teglar

Mavzuga oid