add

24-27 iyun kunlari O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

24.06.2025 | 11:0035274

O‘zgidromet xabar berishicha, O‘zbekistonda 2025 yil 23-27 iyun kunlari quruq va iliq ob-havo saqlanishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 38-44 darajagacha ko‘tarilishi va ayrim hududlarda shamol kuchayishi taxmin qilinmoqda.

24-27 iyun kunlari O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonga janubiy yo‘nalishdan quruq va iliq havo oqimi kirib keladi. 24-25 iyun kunlari kunduzgi harorat 38-41 daraja atrofida, respublikaning janubi va cho‘l hududlarida esa 42-44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu kunlarda mamlakat bo‘ylab asosan kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘iston va Navoiy viloyati shimoliy hududlarida 24-25 iyun kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu hududlarda 25 iyun kuni harorat 26-31 darajagacha pasayishi kutilmoqda. 26 iyun, payshanba kuni, butun respublika bo‘ylab haroratning pasayishi kuzatiladi. Bu kuni havo harorati ko‘pchilik hududlarda 30-35 daraja atrofida bo‘ladi. 27 iyun, juma kuni esa harorat biraz ko‘tarilib, 33-36 daraja, ayrim joylarda esa 38 darajagacha yetishi mumkin. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, 24-27 iyun kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 25-26 iyun kunlari ayrim hududlarda shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi va bu vaqtda chang‘-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Shuningdek, 24 iyun kuni Farg‘ona vodiysidagi ba’zi tog‘li hududlarda, 26 iyun kuni esa respublikaning bir necha tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent shahrida hafta davomida asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanadi. 24-25 iyun kunlari poytaxtda harorat kunda 38-41 daraja atrofida bo‘ladi. 26 iyun kuni harorat 31-33 darajagacha pasayishi, 27 iyun kuni esa 34-36 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

24-27 iyun kunlari O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda | Vaqt.uz