add

2,6 mingdan ortiq issiqxonalarning soliq to‘lovlari muddati 2026 yilgacha uzaytirildi

01.08.2025 | 10:455562

O‘zbekistonda 2,6 mingdan ortiq issiqxonaning jami 449,7 mlrd so‘mlik soliq to‘lovlari muddati 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

2,6 mingdan ortiq issiqxonalarning soliq to‘lovlari muddati 2026 yilgacha uzaytirildi
Qo‘mitaga ko‘ra, hozirgacha 2 644 ta issiqxona bo‘yicha to‘lovlar muddati uzaytirildi, qolganlari yuzasidan ishlar yakunlanmoqda. Shu bilan birga, 3,3 ming issiqxona xo‘jaligining har biri bo‘yicha soliq qarzi va moliyaviy jarimalar to‘lash muddati ham ularning shaxsiy hisoblarida uzaytirilgan. Bundan tashqari, 2 490 ta xo‘jalikka tegishli 2 831 ta ob’ekt bo‘yicha 8,7 ming gektar yer maydoni sanoat toifasidan qishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tkazildi. Bu ularga 48,8 mlrd so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Davlat soliq qo‘mitasi avvalroq issiqxonalarni gaz bilan ta’minlash masalalarini hal etish uchun 4 ta ishchi guruh tuzgan edi. Ushbu guruhlar joylarda issiqxonalar faoliyatidagi muammolarni o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishni boshladi. Mazkur choralar issiqxona sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning aylanma mablag‘larini oshirish va iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

2,6 mingdan ortiq issiqxonalarning soliq to‘lovlari muddati 2026 yilgacha uzaytirildi | Vaqt.uz