add

29-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi

Bugun 15:352 daqiqa

Sinoptiklar ertaga respublika hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo, ayrim joylarda qor va tuman kuzatilishini ma’lum qildi.

29-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi© Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 29-yanvar kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini ma’lum qildi.

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-5 daraja sovuq, kunduzi -1 daraja sovuq, +1 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi 0...-5 daraja sovuq; Ustyurtda kechasi -17...-22 daraja sovuq, kunduzi -3...-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, cho‘l hududlarda kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi 0...-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax hamda Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi -2...-7 daraja sovuq bo‘ladi.

28-30-yanvar kunlari esa respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Teglar

Mavzuga oid