
8 oyda O‘zbekistonga 62 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun kelgan
03.10.2025 | 17:306442
Eng ko‘p fuqarolar qo‘shni davlatlardan kelgan.

2025 yilning yanvar–avgust oylarida 62 054 nafar xorijiy fuqaro tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Eng ko‘p bemorlar Tojikistondan kelgan bo‘lib, ularning soni 44 209 nafarni tashkil etdi. Shu bilan birga, Qirg‘izistondan 10 427 nafar, Qozog‘istondan esa 5 483 nafar shaxs mamlakatga kelib davolangan.
Rossiyadan 1 280 nafar, Afg‘onistondan 343 nafar va Turkmanistondan 204 nafar fuqaro tibbiy maqsadda O‘zbekistonda bo‘lgan. Shuningdek, Turkiyadan 31, AQSHdan 11, Xitoydan 10 va Ukrainadan 9 nafar kishi shifo izlab kelgan.
Qolgan 47 nafar bemor esa turli davlatlardan tashrif buyurgan. Mutasaddilarning qayd etishicha, tibbiy turizm sohasi mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shimcha kirim olib kelmoqda va sohaga talab yil sayin oshib bormoqda.





