800 mln so‘m pora talab qilgan fermer qo‘lga olindi

Bugun 10:251 daqiqa

Surxondaryo viloyati Angor tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 7,7 gektar yerni 800 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.

800 mln so‘m pora talab qilgan fermer qo‘lga olindi © DXX matbuot xizmati

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi rahbari o‘z tasarrufidagi 7,7 gektar yer maydonini 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 800 mln so‘m talab qilgan. Ushbu mablag‘ning 520 mln so‘mini avvaldan olgani aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fermer qolgan 280 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani ma’lum qilindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Qonunbuzarlik holatlari yuzasidan barcha holatlar o‘rganilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida fermer 3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotishga urinib, 20 ming AQSH dollari hamda 100 million so‘m talab qilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan edi.

Teglar

Mavzuga oid