add

Abduqodir Husanov Osiyo qit’asining eng qimmat futbolchisiga aylandi

18.06.2025 | 09:001522

«Manchester Siti» futbolchisi Abduqodir Husanovning bozor qiymati 35 mln yevroga baholandi va u Jahon Chempionatining Osiyo saralash bosqichidagi eng qimmat futbolchi sifatida qayd etildi.

Abduqodir Husanov Osiyo qit’asining eng qimmat futbolchisiga aylandi
2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov transfer narxi bo‘yicha Osiyodagi barcha futbolchilarni ortda qoldirdi. Bu haqda «Transfermarkt» portali e’lon qildi. «Manchester Siti» klubi safida to‘p surayotgan 21 yoshli futbolchining bozor qiymati hozirgi kunda 35 mln yevroni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich uni JCH-2026 saralash bosqichidagi Osiyoning eng qimmat futbolchisi maqomiga olib chiqqan. Qiymat bo‘yicha keyingi o‘rinlarni yaponiyalik Takefusa Kubo (30 mln yevro), koreyalik Li Kan In (25 mln yevro), yaponiyalik darvozabon Zion Suzuki (20 mln yevro) va koreyalik hujumchi Son Hyon Min (20 mln yevaro) egalladi.

Teglar

Mavzuga oid

Abduqodir Husanov Osiyo qit’asining eng qimmat futbolchisiga aylandi | Vaqt.uz