add

Adam Qodirovning to‘yi: Grozniyda Rossiya va xorij elitasi yig‘ildi

01.07.2025 | 20:159373

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li Adam Qodirovning 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida qatnashgan va tabrik yo‘llagan yuqori lavozimli mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi.

Adam Qodirovning to‘yi: Grozniyda Rossiya va xorij elitasi yig‘ildi
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov o‘zining telegram-kanali orqali 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirovning to‘y marosimi munosabati bilan uni tabriklagan va tantanaga tashrif buyurganlarga minnatdorchilik bildirdi. To‘y marosimi 28 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Adam Qodirov Medni ismli qizga uylandi. Tantanada Rossiya bosh vazir o‘rinbosarlari Denis Manturov va Aleksandr Novak, prezidentning Shimoliy Kavkaz federal okrugidagi vakili hamda sobiq Bosh prokuror Yuriy Chayka, LDPR partiyasi raisi Leonid Slutskiy, shuningdek, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Qozog‘iston elchilari ishtirok etgan. Bundan tashqari, Moskva viloyati, Adigeya, Qorachoy-Cherkas, Kabardo-Balkar, Tatariston, Ingushetiya, Shimoliy Osetiya, Dog‘iston hamda Ukrainaning anneksiya qilingan Donetsk viloyati rahbarlari ham to‘yda qatnashgan. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin, Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin, Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko va prezident ma’muriyati rahbari Anton Vayno o‘z tabriklarini yo‘llagan. Ramzan Qodirov avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham uning o‘g‘lini shaxsan tabriklaganini ta’kidlagan.

Teglar

Mavzuga oid

Adam Qodirovning to‘yi: Grozniyda Rossiya va xorij elitasi yig‘ildi | Vaqt.uz