add

Afg‘onistonda BMTning ayol xodimlariga tahdid qilindi

11.08.2025 | 18:1531602

Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan BMTning o‘nlab mahalliy ayol xodimlariga noma’lum shaxslar tomonidan o‘lim bilan tahdid qilindi.

Afg‘onistonda BMTning ayol xodimlariga tahdid qilindi
Al Jazeera xabariga ko‘ra, tahdidlar BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) va boshqa xalqaro agentliklar bilan hamkorlik qilganlar orqali amalga oshirilgan. BMT hisobotida qayd etilishicha, oxirgi marta may oyida ochiq tahdidlar kuzatilgan. «Tolibon» bu holat uchun javobgar emasligini bildirib, Ichki ishlar vazirligi tergov olib borayotganini ma’lum qildi. Biroq vazirlik matbuot kotibi Abdul Matin Qani tahdidlar umuman bo‘lmaganini, hech kim ayol xodimlar xavfsizligiga tahdid qila olmasligini ta’kidladi. BMT mazkur xavfli holatdan so‘ng xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun vaqtinchalik choralar ko‘rgan. 2022 yil dekabrda «Tolibon» ayollarni mahalliy va xorijiy nodavlat tashkilotlarda ishlashni taqiqlagan. Olti oydan so‘ng bu taqiq BMT ayol xodimlariga ham tatbiq etildi. Keyinchalik harakat ayollarni ishga qabul qilayotgan tashkilotlar faoliyatini cheklash bilan qo‘rqitdi. BMT hisoboti esa sohadagi afg‘on ayollariga o‘lim tahdidlari mavjudligini birinchi marta rasman tasdiqladi.

Teglar

Mavzuga oid