
Alisher Usmonov 2024 yilda 1,2 milliard dollar dividend oldi
04.07.2025 | 11:2040272
Forbes nashri 2024 yilda eng ko‘p dividend olgan 50 tadbirkor va ular bilan bog‘liq shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda Alisher Usmonov 1,2 mlrd dollarlik dividendlari bilan rossiyalik milliarderlar orasida beshinchi o‘rinni egalladi.

Reytingda birinchi o‘rinni «Severstal» aksioneri Aleksey Mordashov egalladi. Undan keyingi o‘rinlar «Lukoyl» hammuassisi Vagit Alekperov va Vladimir Lisinga nasib etdi.
Forbes ro‘yxatda ko‘rsatilgan dividend miqdorini soliq va komissiyalar ushlanmasdan umumiy hisobda taqdim etdi. Unga ko‘ra, ro‘yxatdagi 50 ishtirokchi va ular bilan bog‘liq shaxslarga to‘langan jami dividendlar hajmi taxminan 1,8 trln rublni tashkil etdi.
2023 yilda Usmanov to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan edi.
Bloomberg Billionaires Index yangilangan reytingiga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki oylarida rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi qariyb 15 mlrd dollarga oshib, 305 mlrd dollarga yetgan.
2025 yilda American Forbes jurnali Alisher Usmanovni ilk bor dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida O‘zbekiston tadbirkori sifatida qayd etdi. Uning boyligi 16,7 mlrd dollarga baholandi. Avvalgi reytinglarda esa Usmanov Rossiya vakili sifatida ko‘rsatilgan edi.





