
Alisher Usmonov Germaniyadagi barcha jinoiy ta’qiblardan xalos bo‘ldi
Germaniya huquq-tartibot idoralari USM xoldingi asoschisi Alisher Usmonovga nisbatan sanksiya rejimini buzish va boshqa iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha olib borilgan ko‘p yillik tergov harakatlarini rasman yakunladi.

Myunxen prokuraturasi tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni buzishda gumon qilingan ikkinchi tergov ishini rasman tugatdi.
RBK nashrining tadbirkor vakillariga tayanib xabar berishicha, mazkur qaror Germaniya Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddasiga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, endi ushbu gumonlar bo‘yicha tergovni qayta boshlash imkoniyati huquqiy jihatdan istisno qilinadi.
Nazorat organi avvalroq tadbirkorni Rottax-Egern kommunasidagi ko‘chmas mulk ob’ektlarini qo‘riqlash xizmati uchun mablag‘ to‘laganlikda va Germaniya hududidagi ayrim mol-mulklarini deklaratsiya qilmaganlikda gumon qilgan edi. Biroq Usmonovning himoyachilari ushbu kompaniyalar va aktivlarning YI sanksiya qoidalariga aloqadorligini bilan rad etib kelishdi va yakunda tergov organlari bu dalillarni inobatga oldi.
Tergov jarayonlarining yakunlanishi munosabati bilan tadbirkor xayriya maqsadlari uchun ixtiyoriy badal to‘lashga qaror qildi. Bu qadam jinoiy ayblov sifatida talqin etilmaydi va tadbirkorning xalqaro biznes hamjamiyatidagi obro‘sini tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.





