add

AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish holati tekshiriladi

21.05.2025 | 15:1025513

AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset 2021 yilda amerikalik qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqib ketish jarayonini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishga buyuruq berdi. Bu qaror halokatli voqealar bo‘yicha javobgarlikni aniqlash maqsadida qabul qilindi.

AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish holati tekshiriladi
Pentagon rahbari Pit Xegset o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida Amerika qurolli kuchlari tarixidagi muhim voqealarni tahlil qilish zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik so‘nggi uch oy davomida Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish jarayonini o‘rganib chiqqan va natijada keng qamrovli tergov o‘tkazishga qaror qilingan. Xegset 2021 yil 26 avgust kuni Qobul aeroportida yuz bergan terrorchilik hujumi haqida eslatib o‘tdi. Ushbu hujumda 13 nafar amerikalik harbiy xizmatchi va 170 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan edi. Komissiya ushbu va shunga o‘xshash voqealarga olib kelgan qarorlar qabul qilinishi jarayonini tahlil qiladi. 2021 yil 14 aprelda AQSH prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondagi harbiy operatsiyani rasman to‘xtatishini e’lon qilgan. Bu urush Amerika tarixidagi eng uzoq davom etgan xorijiy harbiy kampaniya hisoblanadi. AQSH 2001 yil oktyabr oyida Afg‘onistondagi amaliyotni boshlagan va 2010-2013 yillarda bu yerda G‘arb qo‘shinlari soni 150 ming nafardan oshgan. Qo‘shinlarni olib chiqish 2021 yil may oyida boshlangan. AQSH niyatlarini e’lon qilgandan so‘ng «Tolibon» harakati Afg‘onistonda nazoratni qo‘lga kiritish uchun keng ko‘lamli operatsiyaga kirishdi. 15 avgust kuni prezident Ashraf G‘ani mamlakatdan chiqib ketdi va «Tolibon» jangisiz Qobulni egalladi. 2021 yil sentyabrda esa AQSH qo‘shinlari butunlay mamlakatni tark etdi.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz