add

AQSHda IT bitiruvchilari ishsizlikda gumanitarlardan ortda qolmoqda

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda axborot texnologiyalari (IT) sohasini bitirgan yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasi gumanitar yo‘nalish bitiruvchilariga nisbatan ancha yuqori bo‘lmoqda. Bu holat sun’iy intellekt rivojlanishi fonida bozor talablari o‘zgarib borayotganini ko‘rsatmoqda.

AQSHda IT bitiruvchilari ishsizlikda gumanitarlardan ortda qolmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompyuter muhandislarining 7,5 foizi, IT mutaxassislarining esa 6,1 foizi ishsiz. Solishtirish uchun, san’atshunoslar orasida bu ko‘rsatkich 3 foizni, parhez mutaxassislarida esa bor-yo‘g‘i 0,4 foizni tashkil etgan. Mutasaddilar fikriga ko‘ra, bu tendensiya sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinganidan so‘ng IT sohasidagi an’anaviy vazifalarning qisqqarishi bilan bog‘liq. Endi ish beruvchilar texnik bilimlardan tashqari, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muloqot qilish va empatiya kabi shaxsiy ko‘nikmalarni ustuvor deb hisoblamoqda. Aynan shu jihatlar gumanitar fanlar ta’lim tizimida keng o‘rgatiladi va mehnat bozorida ularga bo‘lgan talab ortib borayotgani kuzatilmoqda. Xususan, media, psixologiya, kommunikatsiya va ta’lim sohalarida gumanitar bilimli mutaxassislarga ehtiyoj ortib bormoqda. Bu tendensiya kelajakda ta’lim strategiyalarini qayta ko‘rib chiqish va universal ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashni talab qilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid