add

ATTO orqali shaharlararo avtobus chiptalarini xarid qilish imkoni yaratildi

30.07.2025 | 08:2043912

Endilikda Toshkentdan mamlakatning turli shaharlariga qatnaydigan avtobuslar uchun chiptalarni ATTO mobil ilovasi orqali xarid qilish mumkin.

ATTO orqali shaharlararo avtobus chiptalarini xarid qilish imkoni yaratildi
O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, «Uzautotrans service» korxonasi yangi qulaylikni joriy etdi. Endi fuqarolar ATTO mobil ilovasidan foydalanib, shaharlararo avtobus yo‘nalishlariga chipta olishlari mumkin bo‘ladi. Ayni paytda mazkur korxona quyidagi yo‘nalishlarda muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirmoqda: Toshkent — Zomin, Toshkent — Boysun, Toshkent — Kadan, Toshkent — Navoiy, Toshkent — Xatirchi, Toshkent — Juma, Toshkent — Qarshi, Toshkent — Shahrisabz, Toshkent — Qamashi, Toshkent — G‘uzor, Toshkent — Jarqo‘rg‘on, Toshkent — Sherobod, Toshkent — Uzun, Toshkent — Denov, Toshkent — Termiz. Yangi xizmat orqali yo‘lovchilar chiptani vaqt va joy tanlamasdan, smartfon orqali xarid qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid