
Avtomobil ijarasiga talab Toshkentda eng yuqori darajada
30.05.2025 | 21:4039583
Avtomobil ijarasi xizmatlari 2025 yilning dastlabki to‘rt oyida 2,1 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-aprel oylari davomida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarini ijaraga berish xizmatlari hajmi 2,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Mazkur davrda avtomobil ijarasi xizmatlarining eng katta ulushi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, umumiy hajmning 27,7 foizini tashkil etgan. Bu esa mamlakat poytaxtida transportga bo‘lgan ehtiyoj va ijara imkoniyatlarining yuqori darajasini ko‘rsatadi.
Qolgan hududlar kesimida esa Toshkent viloyati 14,2 foiz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 9,3 foizni, Samarqandda 8,1 foizni, Qashqadaryoda 7,5 foizni va Farg‘onada 7,1 foizni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkichlar mamlakatning turli hududlarida transport xizmatlariga bo‘lgan talabni aks ettiradi. Avtomobil ijarasi turizm, xizmat safari va shaxsiy ehtiyojlar uchun qulay yechim sifatida ahamiyat kasb etmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yirik shaharlarda infratuzilmaning rivojlanganligi va aholi sonining ko‘pligi ushbu xizmatlar bozoridagi faollikni oshirmoqda. Shu bilan birga, boshqa hududlarda ham ijaraga talab barqaror o‘sishga ega.





