add

Bahromjon Norqobilov lavozimidan ozod etildi

Bugun 19:181951 daqiqa

U 2019-yildan buyon Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Bahromjon Norqobilov lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Prezidentining qaroriga muvofiq Baxromjon Turayevich Norqobilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sherzod Asadov xabar berdi.

Bahromjon Norqobilov mazkur lavozimda 2019 yil 28-martdan buyon faoliyat krsatib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Bahromjon Norqobilov 1973 yil Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1995 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini; 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini; 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Mutaxassisligi veterinariya vrachi, iqtisodchi, biznes boshqaruvi. Shu vaqtga qadar u Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Teglar

Mavzuga oid