
Bir qadam oldinga, ikki qadam orqaga: faollar NNTni qiynayotgan og‘ir muammolar haqida – Fikr Vaqti
29.08.2025 | 21:2047462
2025 yil 5 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida qatnashib, korrupsiya illatiga qarshi kurashda nodavlat tashkilotlar yordami juda zarurligi va sezilarli natija uchun avvalo ularning faolligi kerakligi haqida gapirgandi.

O‘zbekiston uchun korrupsiyadek katta, yengib, tugatib bo‘lmayotgan muammoga qarshi kurashda hammaning, jumladan, nodavlat tashkilotlar ishtiroki shartligi bor gap. Ammo ikkinchi tomondan harakatga qo‘shilishi kerakligi aytilayotgan NNTning o‘zi bugun qanday ahvolda?
Fikr vaqti dasturining navbatdagi soni fuqarolik jamiyati rivojlanishida juda muhim bo‘lgan ana shu institut va ularning O‘zbekistondagi ahvoli masalalariga bag‘ishlandi.
Dastur mehmonlari: ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘illanuvchi “Ilm nuri markazi” NNT ta’sischilaridan biri Gulnora Eshonxonova va Inson huquqlari himoyasi bilan shug‘illanuvchi “Ezgulik” nodavlat tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanov bo‘ldi.
Videoni YouTubeʼda tomosha qiling:
👉https://youtu.be/tskAnfcqiYI





