Logo

5 oyida O‘zbekistonda 21,5 mingdan ortiq fuqaroga ipoteka kreditlari rasmiylashtirildi

Kecha 21:552 daqiqa

Shu bilan birga, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan 622,8 mlrd so‘mlik subsidiyalar to‘lab berilgan.

5 oyida O‘zbekistonda 21,5 mingdan ortiq fuqaroga ipoteka kreditlari rasmiylashtirildi © istock

Joriy yilning yanvar-may oylari davomida O‘zbekistonda aholini arzon va sifatli uy-joy bilan ta’minlash hamda ipoteka bozorini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli islohotlar faol bosqichda davom ettirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qilishicha, hisobot davrida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 21 553 nafar fuqaroga umumiy qiymati 6 583,7 mlrd so‘m bo‘lgan ipoteka kreditlari rasmiylashtirildi.

Shu bilan birga, aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoya qilish, ularning boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida budjetdan 622,8 mlrd so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari ajratildi.

Subsidiyalarni o‘zlashtirish va banklar ulushi

Ajratilgan subsidiyalarni hududlar kesimida o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha quyidagi viloyatlar yetakchilik qilmoqda:

Xorazm viloyati — 34 foiz; Jizzax viloyati — 31 foiz; Surxondaryo viloyati — 30 foiz; Namangan viloyati — 30 foiz; Andijon viloyati — 29 foiz.

Subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratishda eng yuqori ulushga ega bo‘lgan yetakchi beshlik (TOP-5) tijorat banklari ro‘yxati quyidagicha shakllandi:

1. Biznesni Rivojlantirish Banki — 59 foiz;
2. Ipotekabank — 54 foiz;
3. Turonbank — 52 foiz;
4. Agrobank — 49 foiz;
5. Aloqabank — 45 foiz.

Kredit miqdorlari hududlar kesimida qanday?

Tahlillarga ko‘ra, ipoteka kreditlarining eng yuqori ko‘rsatkichlari poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelgan. Toshkent shahrida maksimal kredit miqdori 480 mln so‘mni, o‘rtacha ajratilgan kredit miqdori esa 352 mln so‘mni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa jismoniy shaxslarga ajratilgan maksimal kredit hajmi 380 mln so‘mga yetgan bo‘lsa, har bir fuqaroga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha kredit miqdori 296,5 mln so‘m darajasida qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid