JCH-2026. Yaponiya Tunisni yirik hisobda yengdi, Ekvador Kyurasaoga gol urolmadi
Yaponiya — Tunis bahsi mundiallardagi 1000-o‘yinga aylandi. Kyurasao posboni 15 ta seyv bilan maksimal 10 ball olib, rekord o‘rnatdi.

Jahon chempionatida yana ikki guruhda 2-tur bahslari yakunlandi.
Ye guruhida Ekvador (1) Kyurasao (1) darvozasiga 28 ta zarba yo‘llab, gol urolmadi. Kyurasao posboni Rum 15 ta seyv amalga oshirib, maksimal 10 ballga loyiq ko‘rildi va rekord o‘rnatdi. U jamoasiga mundiallardagi tarixiy ilk ochkoni keltirdi. Avvalroq guruhning birinchi o‘yinida Germaniya (6) Kot-d'Ivuar (3) ustidan irodali g‘alabaga erishib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
F guruhida Yaponiya (4) Tunis (0) darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritib, keyingi bosqich sari katta qadam tashladi. Afrika vakili esa Haiti va Turkiyadan so‘ng munlialni tark etishi aniq bo‘lgan uchinchi jamoaga aylandi. E’tiborlisi, ushbu bahs FIFA Jahon chempionatlaridagi 1000-o‘yin bo‘ldi. Guruhning birinchi o‘yinida Niderlandiya (4) Shvetsiyani (3) tor-mor etgandi.
JCH-2026. 2-tur. 20-iyun
Ye guruhi
Ekvador — Kyurasao 0:0
Ekvador — Galindes, Franko (Presiado, 83), Pacho, Hinkapi, Alsivar (Rodriges, 46), Yeboa, Pedro (X.Kaysedo, 89), M.Kaysedo, Estupinan (Angulo, 70), Plata, Valensiya.
Kyurasao — Rum, Brenet, Gaari, Obispo, Floranyus, Fonvill (van Ejima, 76), Chon (Margarita, 76), Komenensiya (Rumeratu, 84), J.Bakuna (Gorre, 75), L.Bakuna, Lokadiya (Kastaner, 83).
Ogohlantirishlar: Alsivar (38), L.Bakuna (39), J.Bakuna (53), Komenensiya (56), Gaari (75), Kastaner (90+1).
F guruhi
Tunis — Yaponiya 0:4
Gollar: Kamada (4), Ueda (31, 84), Dzyunya (69).
Tunis — Damen, Bronn (Bin Hamida, 46), Talbi, Rekik, Valeri, Slimane, Sxiri (Xedira, 90+1), Abdi (Ashuri, 90+1), Saad (Garbi, 46), Mejbri, Tunekti (Chauat, 65).
Yaponiya — Suzuki, Tomiyasu (Seko, 79), Itakura, Ito, Doan (Sugavara, 74), Sano, Tanaka, Nakamura (Suzuki, 79), Dzyunya, Kamada (Suzuki, 73), Ueda (Goto, 85).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





